Kornell universiteti – Cornell Universiteti, 1865-yilda Nyu-Yorkda joylashgan Ithaca nomli shaharchada tashkil etilgan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng tanilgan universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet, rivojlanayotgan texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlar uchun ajoyib imkoniyatlarga ega.

Cornell Universiteti
Shiori "Men shunday bir muassasa tashkil etmoqchimanki, unda har qanday inson har qanday fanni o'rganish imkoniyatini topa olsin"[1][2].
Turi Xususiy[3] yer-grant tadqiqot universiteti
Asos solingan sanasi 28-aprel, 1864-yil (160 yil avval) (1864-04-28)
Asoschisi Ezra Cornell, Andrew Dickson White
Akkreditatsiya MSCHE
Endaumenti $10.0 billion (2023)[4]
Byudjeti $5.4 billion (2023)[5]
Rahbari Michael Kotlikoff
Provosti John Siliciano
Fakultetlar 1,639 – Ithaca, New York
1,235 – NYC, New York
34 – Doha, Qatar
Talabalari 26,284 (2023-yil kuz semestri)[6]
Bakalavriat 16,071 (2023-yil kuz semestri)[6]
Magistratura 10,207 (2023-yil kuz semestri)[6]
Joylashuvi , ,
AQSH

42°27′13″N 76°28′26″W / 42.45361°N 76.47389°W / 42.45361; -76.47389
Kampusi Kichik shahar[7]745 akr (301 ga)
Veb-sayti cornell.edu
1.1

Universitetning Ithaka kampusida sakkizta asosiy bakalavr kolleji va yettita magistratura boʻlimi mavjud[8]. Har bir kollej va akademik boʻlim oʻzining qabul qilish standartlari va oʻquv dasturini belgilashda deyarli avtonomiyaga ega. Ithakadagi asosiy kampusdan tashqari, universitet uchta qoʻshimcha kampusni boshqaradi, ularning ikkitasi Nyu-York shtatida va bittasi Qatar hududida joylashgan[8].

Cornell Amerika Qo'shma Shtatlaridagi kamdan-kam xususiy universitetlaridan biridir. Universitetning sakkizta bakalavr kollejidan toʻrttasi Nyu-York shtat universiteti tizimi orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan qonuniy yoki shartnomaviy kollejlardir. Bular quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Qishloq xoʻjaligi va hayot fanlari kolleji, Inson ekologiyasi kolleji, Sanoat mehnat munosabatlari maktabi va Jeb E. Bruks nomidagi Davlat boshqaruvi maktabi. Cornell magistratura maktablari orasida faqat Veterinariya tibbiyoti kolleji Nyu-York shtati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Itakadagi Cornell universitetining asosiy kampusi 745 akr (301 gektar) maydonni egallaydi.

2023-yil oktyabr oyiga kelib, studentlarining 62 nafari Nobel mukofoti sovrindori, 4 nafari Turing mukofoti sohibi va 1 nafari Fields medali sohibi boʻlgan. Cornell 250 000 dan ortiq bitiruvchilarga ega boʻlib, ular orasida 34 nafari Marshall stipendiyasi sohiblari[9], 33 nafari Rhodes stipendiyasi sohiblari, 29 nafari Truman stipendiyasi sohiblari, 63 nafari Olimpiada medallari sovrindorlari, „Fortune“ 500 tarkibiga kiruvchi kompaniyalarning 10 nafari hozirgi bosh ijrochi direktori va 35 nafari milliarder[10][11][12][13][14].


Cornell universitetining asoschilari

19-asr

tahrir

Cornell universiteti 1865-yil 27-aprelda tadbirkor va Nyu-York shtati senatori Ezra Cornell hamda taʼlim arbobi va shuningdek Nyu-York shtati senatari boʻlgan Andrew Dickson White tomonidan, Nyu-York shtati qonunchilik organi universitetni shtatning yer-grant muassasasi sifatida tasdiqlashidan soʻng tashkil etilgan[15]. Ezra Cornell oʻzining Nyu-York shtatining Ithaka shtatidagi fermasini universitetning dastlabki oʻrni boʻlishi mumkinligi sifatida taklif qildi va oʻz shaxsiy boyligidan 500,000 dollar (2023-yildagi qiymatiga koʻra 12,373,000 dollarga teng) miqdorida dastlabki xayriya mablagʻini universitetga ajratdi. White Cornell universitetining birinchi prezidenti boʻlishga rozilik berdi.

Cornell universitetining dastlabki uch yili davomida White birinchi ikkita binoning qurilishini nazorat qildi va istiqbolli talabalar hamda professor-oʻqituvchilarni jalb qilish uchun harakat qildi[16]. Universitet 1868-yil 7-oktyabrda rasman ochildi va keyingi kuni 412 nafar erkak talaba roʻyxatdan oʻtkazildi[17].

Cornell texnologik jihatdan innovatsion muassasa sifatida rivojlandi, oʻzining akademik tadqiqotlarini oʻz kampusiga va tashqi aloqalarga tatbiq etdi. 1883-yilda u suv bilan ishlaydigan dynamo yordamida elektr energiyasidan kampus hududini yoritish uchun foydalangan ilk universitet kampuslaridan biri boʻldi[18]. 1894-yildan beri Cornell tarkibiga davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va davlat qonuniy talablarini bajaradigan kollejlarni kiritib kelmoqda[19]; shuningdek, u Nyu-York shtati va AQSh federal hukumati tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan tadqiqot va kengaytirish faoliyatlarini ham boshqarib kelmoqda[20].

Cornell universiteti oʻzining ilk davridan boshlab faol bitiruvchilarga ega boʻlgan. 1872-yilda universitet mamlakatdagi birinchi universitetlardan biri boʻlib, oʻzining vasiylik kengashiga bitiruvchilar tomonidan saylangan vakillarni kiritdi[21].

Cornell universiteti 1869-yilda tashkil etilgan va mamlakatdagi eng qadimgi nashriyot korxonasi hisoblangan Cornell University Press (Cornell universiteti nashriyoti)ga egalik qiladi. Cornell dastlab 1868-yilda asos solingan haftalik kampus nashri „Cornell Era“ga egalik qilgan. 1880-yilda universitetda mustaqil talabalar tomonidan boshqariladigan „The Cornell Daily Sun“ gazetasi tashkil etildi. „The Cornell Daily Sun“ mamlakat boʻylab eng uzoq vaqt uzluksiz nashr etib kelinayotgan talabalar nashrlaridan biridir.

19-asrda Cornellda yozish, oʻqish va notiqlik koʻnikmalarini ragʻbatlantirish maqsadida bir nechta adabiy jamiyatlar tashkil etilgan. AQSh Ta'lim byurosi ulardan uchtasini „Sharqiy universitetlarning eski adabiy jamiyatlari anʼanalariga rioya qiluvchi sof adabiy jamiyat“ deb taʼriflagan, ammo ularning katta qismi 20-asrga kelib tarqalib ketdi.

20-asr

tahrir

1967-yilda Cornellda Residential Club yotoqxonasida yongʻin sodir boʻlib, sakkizta talaba va bitta professor halok boʻlgan. 1960-yillarning oxirida Cornell, boshqa Ivy Ligasi universitetlari qatori, madaniy masalalar, fuqarolik huquqlari va AQShning Vetnam urushidagi ishtirokiga qarshi kuchaygan talabalar faolligini boshdan kechirdi. 1969-yilda qurollangan Vetnam urushiga qarshi namoyishchilar Willard Straight Hallni egallab oldilar. Bu voqea Cornell prezidenti Jeyms Alfred Perkinsning isteʼfoga chiqishi va universitet boshqaruv tizimining qayta tashkil etilishiga olib keldi[22].

1995-yilda Milliy Tadqiqot Kengashi Cornellning Ph.D. dasturlarini mamlakatda oltinchi eng yaxshi dastur deb baholadi. Shuningdek, u quyidagi Cornell Ph. D. dasturlarini akademik sifati boʻyicha mamlakatdagi eng yaxshi oʻntalikka kiritdi: astrofizika (toʻqqizinchi oʻrin), kimyo (oltinchi oʻrin), fuqarolik muhandisligi (oltinchi oʻrin), qiyosiy adabiyotshunoslik (oltinchi oʻrin), kompyuter fanlari (beshinchi oʻrin), ekologiya (toʻrtinchi oʻrin), elektr muhandisligi (yettinchi oʻrin), ingliz tili (yettinchi oʻrin), fransuz tili (sakkizinchi oʻrin), geofanlar (oʻninchi oʻrin), nemis tili (uchinchi oʻrin), tilshunoslik (toʻqqizinchi oʻrin), materiallar ilmi (uchinchi oʻrin), mexanik muhandislik (yettinchi oʻrin), falsafa (toʻqqizinchi oʻrin), fizika (oltinchi oʻrin), ispan tili (sakkizinchi oʻrin) va statistika/biostatistika (toʻrtinchi oʻrin). Kengash Cornellning San'at va Gumanitar fanlar fakultetini mamlakatda beshinchi eng yaxshi, uning Matematika va Fizika fanlarini oltinchi eng yaxshi va Muhandislik kollejini beshinchi eng yaxshi dastur deb baholadi[23][24].

21-asr

tahrir

2000-yildan beri Cornell oʻzining xalqaro dasturlarini kengaytirib kelmoqda. 2004-yilda universitet Qatarda Weill Cornell Tibbiyot kollejini ochdi[25]. U shuningdek Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi va Singapurdagi akademik muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan[26][27][28].

2002-yil avgustda Cornellda aspirantlarning „Qanday narx evaziga?“ (At What Cost?) nomli guruhi tashkil etildi. Bu guruh Qoʻshma Avtomobil Ishchilari kasaba uyushmasining boʻlinmasi boʻlgan CASE/UAW tomonidan olib borilayotgan aspirantlar kasaba uyushmasini tuzish harakatiga qarshi chiqdi. Kasaba uyushmasini tuzish boʻyicha ovoz berish 2002-yil 23-24 oktyabr kunlari oʻtkazildi va kasaba uyushmasi rad etildi. „Qanday narx evaziga?“ guruhi ovoz berishda gʻayritabiiy yuqori 90% ishtirok etishida va kasaba uyushmasini tuzish taklifining 2 ga 1 nisbatda magʻlubiyatga uchrashida muhim rol oʻynagan deb hisoblanadi. Amerika aspirantlar kasaba uyushmasi tarixida ilgari kasaba uyushmasini tuzish taklifi ovoz berish orqali rad etilgan holat boʻlmagan[29][30][31].

2004-yil 9-martda Cornell va Stanford universiteti Isroil-Iordaniya chegarasida quriladigan va birgalikda boshqariladigan „Yoriqni koʻpriklovchi markaz“ (Bridging the Rift Center) uchun poydevor toshini qoʻydilar[32]. 2005-yilda Cornellning sobiq prezidenti Jeffrey S. Lehman universitetni va uning yuqori xalqaro nufuzini „transmilliy universitet“(transnational university) sifatida taʼrifladi[33].

2017-yilda Cornell Nyu-York shahrining Ruzvelt orolidagi Cornell Tech nomli aspirantura kampusi va tadqiqot markazini ochdi. Bu markaz sobiq mer Micheal Bloomberg tomonidan Nyu-York shahrida texnologik tadbirkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida boshlangan tanlov gʻolibi boʻlgan.

Kampuslari

tahrir

Ithaca kampusi

tahrir
 
Cornellning asosiy kampusidagi Sanʼat kvadrati (The Arts on Quad), orqa fonda McGraw minorasi.
 
McGraw minorasidan koʻringan Ho maydoni, orqa fonda Sage Hall va Barnes Hall.
 
Cornell kampusidagi Sage ibodatxonasi diniy xizmatlar va konsertlarga mezbonlik qiladi hamda universitet asoschisi Ezra Cornellning soʻnggi oromgohi hisoblanadi.

Cornell Universiteti asosiy kampusi Nyu-York shtatining Ithaca shahrida, East Hill tepasida joylashgan boʻlib, shahar va Cayuga koʻlining manzarasini taqdim etadi. Tashkil etilganidan beri kampus taxminan 745 akr (301 gektar) gacha kengaygan boʻlib, oʻquv binolari, laboratoriyalar, maʼmuriy inshootlar, sport markazlari, auditoriyalar, muzeylar va turar-joy hududlarini oʻz ichiga oladi[34][35] . 2011 yilda Travel + Leisure jurnali Ithaca kampusini Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng goʻzal kampuslardan biri sifatida tan oldi va uning arxitektura uslublarining noyob uygʻunligi, tarixiy yodgorliklar va goʻzal atrof-muhitni maqtadi[36].

Ithaca kampusi tartibsiz joylashuvi va arxitektura uslublarining aralashmasi bilan ajralib turadi. Universitetning doimiy oʻzgarib turadigan bosh rejalari tufayli bu uslublar vaqt oʻtishi bilan rivojlangan. Koʻproq bezatilgan binolar odatda Ikkinchi jahon urushidan oldin qurilgan. Shundan beri kampusdagi soʻnggi binolar zamonaviy arxitektura uslublari bilan ajralib turadi[37].

Bir nechta Cornell universiteti binolari Milliy Tarixiy Yodgorliklar deb eʼlon qilingan[38]. Cornell universitetining oʻnta binosi Milliy Tarixiy Joylar Roʻyxatiga kiritilgan: Andrew Dickson White House, Bailey Hall, Caldwell Hall, Computing va Communications Center, Morrill Hall, Rice Hall, Fernow Hall, Wing Hall, Llenroc, va 13 South Avenue mazilidagidagi Deke House.[39]. Uchta boshqa tarixiy binolar – original Roberts Hall, East Robert Hall, and Stone Hall – 1980-yillarda yangi kampus binolari va rivojlanish yoʻlida buzib tashlangan[40].

Markaziy, Shimoliy va Gʻarbiy kampuslar

tahrir

Asosiy akademik va maʼmuriy binolarning koʻp qismi Markaziy kampusda joylashgan. Markaziy kampusdagi meʼmoriy uslublar hashamatli Collegiate Gothic, Victorian va Neoklassik binolardan tortib, xalqaro va modernistik inshootlargacha turlicha. Markaziy bogʻning loyihalovchisi Frederick Law Olmsted, kampus uchun ilk rejalardan birida Cayuga koʻliga qaragan „ulugʻvor terassa“(grand terrace)ni taklif qilgan[41].

Shimoliy kampus asosan turar-joy binolaridan iborat boʻlib, u yerda birinchi va ikkinchi kurs talabalari, shuningdek, Townhaus jamoasidagi boshqa oliy oʻquv yurtidan koʻchib kelgan talabalar uchun moʻljallangan oʻnta yotoqxona mavjud[42]. Shimoliy kampusning meʼmoriy uslublari zamonaviyroq boʻlib, 20-asr oʻrtalarida universitetning oʻsishi va qoʻshimcha turar-joy binolariga boʻlgan ehtiyojni aks ettiradi.

Gʻarbiy kampus tizimi meʼmoriy uslublar uygʻunligini namoyish etadi. Bu yerda beshta asosiy yotoqxona va „Ghotics“ nomi bilan tanilgan bir nechta gothic uslubidagi binolar mavjud. Bu Collegiate Gothic inshootlar kampusga tarixiy joziba baxsh etsa, zamonaviy yotoqxonalar esa talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini taʼminlaydi[43].

Ithacaning yaqin atrofidagi Collegetown mahallasida meʼmoriy uslublar yanada xilma-xil boʻlib, bu hududning turli maqsadlarda foydalanilishini aks ettiradi. Schwarts sanʼat markazini va ikki yuqori darajadagi yotoqxonani turli-tuman kvartira binolari, ovqatlanish joylari va tijorat muassasalari oʻrab turadi[44][45]. Bu esa talabalar va mahalliy aholi uchun joʻshqin va hayotbaxsh muhitni yaratadi[46].

Tabiiy muhiti

tahrir

Itaka kampusi Finger Lakes nomli koʻlning hududida joylashgan boʻlib, shahar, Cayuga koʻli va atrofdagi vodiylarning manzarasiga ega. Kampus ikkita daraning – Fall Creek darasining va Cascadilla darasining chegarasida joylashgan boʻlib, ular universitetning tabiiy landshaftiga oʻz hissasini qoʻshadi. Garchi bu daralar iliq oylarda mashhur choʻmilish joylari boʻlsa-da, ehtimoliy xavfsizlik xavflari tufayli ulardan foydalanish universitet va shahar qonuni tomonidan tavsiya etilmaydi[47]. Asosiy kampusga tutash holda, Cornell 2800 akr (1100 gektar) maydonni egallagan Cornell Botanika bog'lariga egalik qiladi, uyerda oʻsimliklar, daraxtlar va hovuzlarni bor. Bogʻlarning soʻqmoqlari tashrif buyuruvchilarga tabiiy muhitni oʻrganish imkonini beradi[48].

Barqarorligi

tahrir

Cornell universiteti barqarorlikni targʻib qilish va atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish uchun turli „yashil“ tashabbuslarni amalga oshirgan. Asosiy loyihalar orasida gaz bilan ishlaydigan qoʻshma issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish inshooti[49], kampus ichidagi gidroelektrostansiya[50] va koʻl manbayi sovutish tizimi[51] mavjud. 2007-yilda Cornell Barqaror kelajak markazini tashkil etdi[52]. Universitet 2035-yilgacha sof uglerod neytralligiga erishishni oʻz zimmasiga olgan[53] va 2020-yilga kelib, jami 28 megavatt quvvat bilan taʼminlaydigan oltita quyosh elektr stansiyalaridan quvvat olmoqda[54]. Bundan tashqari, Cornell kampus isitish ehtiyojlarini qondirish uchun kuchaytirilgan geotermik tizim – Yer manbaidan isitish tizimini ishlab chiqmoqda[55]. Cornell AQShdagi Kyoto protokoli boʻyicha emissiyalarni kamaytirish majburiyatini olgan birinchi universitet boʻldi[56]. Energiya va barqarorlik boʻyicha koʻp yillik, kampuslararo muhokamadan soʻng, 2007-yilda Cornell Atkinson barqarorlik markazi tashkil etildi va bitiruvchi David R. Atkinson '60 va uning rafiqasi Patriciadan 80 million dollarlik sovgʻa oldi. Bu oʻsha paytda Cornell universitetida shaxsdan olingan eng katta sovgʻa edi. 2021-yildagi keyingi 30 million dollarlik majburiyat kampusdagi yangi koʻp tarmoqli binoga nom beradi[57].

2023-yilda Barton zalida Dead va Company guruhi tomonidan oʻtkazilgan konsert MusiCares tashkiloti va Cornell 2030 loyihasi uchun 3,1 million dollar mablagʻ toʻpladi. Bu oʻz navbatida Iqlim Yechimlari Fondi(Climate Solutions Fund)ning tashkil etilishiga hissa qoʻshdi. Fond universitetda keng koʻlamli, taʼsirli iqlim tadqiqotlarini tezlashtirishi moʻljallangan va Atkinson markazi tomonidan boshqariladi[58][59].



Manbalar

tahrir
  1. Altschuler, Glenn C.; Kramnick, Isaac. Cornell: a history, 1940-2015. Ithaca: Cornell University Press, 2014 — 355-bet. ISBN 9780801471889. 
  2. Berg, Alex. „C.U. Motto Earns Top Rank“. The Cornell Daily Sun (2007-yil 21-avgust). Qaraldi: 2024-yil 21-mart.
  3. „Cornell University Mission“. Cornell University. Qaraldi: 2013-yil 26-oktyabr.
  4. Cornell University News Service (2023-yil 1-noyabr). „University endowment reports 'solid' return in FY 2023“. Press-reliz.
  5. Cornell University. „Consolidated Financial Statements: June 30, 2023 and 2022“. Press-reliz.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Student Enrollment“. Cornell University (2023-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  7. „Cornell University“. IPEDS. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
  8. 8,0 8,1 „Colleges and Schools“. cornell.edu. Cornell University. Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  9. „Statistics“. marshallscholarship.org. Marshall Scholarship. Qaraldi: 2020-yil 2-noyabr.
  10. „Wealth-X Applied Wealth Intelligence“. 2018-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  11. Hess, Abigail „University of Wisconsin produced the most current Fortune 500 CEOs — here's how 29 other schools stack up“ (en). CNBC (2018-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  12. „Factbook“. Cornell University (2009-yil oktyabr). 2006-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-dekabr.
  13. Cornell News Service. „Nobel laureates affiliated with Cornell University“. Press-reliz.
  14. „Uncle Ezra“. Cornell University. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-yanvar.
  15. "Laws of New York". Laws of the State of New York Passed at the Sessions of the Legislature 88th sess.: 1188–1194. 1865. ISSN 0892-287X.  enacted 27 April 1865.
  16. Becker, Carl L.. Cornell University: Founders and the founding. Ithaca, NY: Cornell University Press, 1943. ISBN 978-0-8014-9058-3. Qaraldi: 2006-yil 17-iyun. 
  17. „How old is Cornell?“. cornell.edu. Cornell University. 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-yanvar.
  18. „The Early History of District Energy at Cornell University“. Cornell University. 2007-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-noyabr.
  19. Gelber, Sidney. Politics and Public Higher Education in New York State: Stony Brook: A case history. New York, NY: P. Lang, 2001 — 14-bet. ISBN 978-0-8204-4919-7. 
  20. „About Us“. Cornell University Cooperative Extension. Qaraldi: 2014-yil 25-mart.
  21. ; Holmes, Frank R.; Williams, Lewis A.Cornell University: A history. University Publishing Society, 1905 — 278-bet. Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr. 
  22. Downs, Donald Alexander. Cornell '69: Liberalism and the crisis of the American university. Cornell University Press, 1999. ISBN 978-0-8014-3653-6. Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr. 
  23. „National Research Council Report on Quality in Ph.D. Education in the U.S.“. UC Berkeley Graduate Publications. 2006-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 6-iyul.
  24. Ronald G., Ehrenberg, and Peter J. Hurst, „The 1995 NRC ratings of doctoral programs“ Change: The Magazine of Higher Learning 28.3 (1996): 46-54.
  25. „Cornell Medical College in Qatar“. Cornell University. 2004-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-may.
  26. Cornell News Service (2005-yil 21-iyul). „Cornell president joins Indian prime minister to open new chapter in science education“. Press-reliz.
  27. Cornell News Service. „Hotel School, Singapore university establish joint master's program“. Press-reliz.
  28. Cornell News Service. „Rawlings heads to China to sign partnership agreement and deliver keynote address at economic summit in Beijing“. Press-reliz.
  29. Delwiche, Anna. „'At what cost?' Group challenges unilateral actions, exclusivity of grad student union campaign“ (2016-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  30. „Cornell graduate students would each pay nearly $400 to NYSUT/AFT yearly“. atwhatcost.org (2016-yil 16-oktyabr). 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  31. „Dues without democracy: AFT Unions require extra dues for voting rights?“. atwhatcost.org (2016-yil 24-oktyabr). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  32. Cornell University News Service (2004-yil 9-mart). „Lehman leads CU group to desert to promote education – and peace“. Press-reliz.
  33. Jaschik, Scott. „Sudden departure at Cornell“ (2005-yil 13-iyun). Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
  34. „Cornell University“. US News. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
  35. „Cornell University – The Ithaca Campus“. Cornell University. Qaraldi: 2006-yil 6-aprel.
  36. „America's most beautiful college campuses“. Travel+Leisure (2011-yil sentyabr).
  37. Margulis, Daniel; Schroeder, John. A Century at Cornell. Ithaca, N.Y.: The Cornell Daily Sun, 1980 — 110–111-bet. ISBN 978-0-938304-00-5. 
  38. „Campus Buildings and Landmarks with Historic Designations“. Cornell University. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
  39. „Historic Designations“. Cornell Campus Planning Department. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
  40. Andoza:NRISref
  41. Parsons, Kermit C. „Chp. 3: A Quadrangle of Stone“, . The Cornell Campus: A History of its Planning and Development. Ithaca, N.Y.: Cornell University Press, 1968. 
  42. „Residence Halls“. living.cornell.edu. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  43. „West Campus House System“. westcampushousesystem.cornell.edu. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  44. „Housing – Cascadilla Hall“. Cornell University. Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr.
  45. „Sheldon Court“. Cornell University. Qaraldi: 2010-yil 21-sentyabr.
  46. „Collegetown“. City of Ithaca. 2007-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr.
  47. „Cornell offering free shuttle buses to Buttermilk Falls State Park for two weekends“ (2013-yil 23-avgust). 2013-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-dekabr.
  48. „Explore Cornell – Natural Beauty – Campus Gardens“. Cornell University. 2003-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 6-aprel.
  49. Steele, Bill. „Cornell moves beyond coal with combined heat and power plant“. Cornell Chronicle (2010-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr.
  50. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Hydroelectric Plhttps://web.archive.org/web/20100502011959/http://www.utilities.cornell.edu/utl_hydroelectricplant.html“. 2010-yil 2-mayda asl nusxadan [ arxivlangan].
  51. „Lake Source Cooling : An Idea Whose Time Has Come“. 2008-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-noyabr.
  52. „About the Atkinson Center for a Sustainable Future“. Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr.
  53. 2016 Climate Neutral Campus Energy Alternatives Report (Report). Senior Leaders Climate Action Group (SLCAG). August 2016. https://sustainablecampus.cornell.edu/sites/default/files/2018-12/2016%20Cornell%20University%20-%20Carbon%20Neutral%20Campus%20Energy%20Alternatives%20Report%20CNCEAR%20-%20Report%20(1).pdf. Qaraldi: December 7, 2020. 
  54. „Renewable Energy | Sustainable Campus“. sustainablecampus.cornell.edu. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  55. Cathles L. M. „Hydrologic challenges to heating Cornellusing Earth Source Heat (ESH) and a strategy for meeting them“ Cornell University. February 10, 2020. Retrieved on November 28, 2020
  56. „Cornell Administration Reaches Agreement with Cornell Kyoto Now! Students | Sustainable Campus“ (en). sustainablecampus.cornell.edu (2023-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.
  57. „Atkinsons' $30M gift to name multidisciplinary building | Cornell Chronicle“ (en). news.cornell.edu. Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.
  58. „Dead & Company's Barton Hall concert raised over $3 million for charity – 97.1fm The Drive – WDRV Chicago“ (en-US). 97.1fm The Drive - WDRV Chicago (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.
  59. „Dead & Co concert proceeds fund climate solutions | Cornell Chronicle“ (en). news.cornell.edu. Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.