Korrektura (lotincha correctura — toʻgʻrilash, yaxshilash) — bosmaxonada yoki boshqa usullar bilan koʻpaytirish uchun tayyorlangan matn va grafik materiallardagi xato va kamchiliklarni tuzatish jarayoni. K. uchun terilgan harflardan yoki bosma qolipdan ottisk (mas, vyorstka, granka) olinadi. Bu ottisk asl nusxa (original) ga solishtirib oʻqiladi va yoʻl qoʻyilgan xatolar standartdagi korrektura belgilardan foydalanib koʻrsatiladi (rasmga q.) va shunga koʻra operator (harf teruvchi) xatolarni tuzatadi.

K. 4 turga boʻlinadi: bosmaxona K.si; original-maket asosida chop qilinadigan nashr K.si; nashriyot K.si: reproduksiya bosma qolipi Korrektura Bosmaxona K.si va original-maket asosidagi nashr K.si da harf terish (naborning) barcha jarayonlaridagi xatolar tuzatiladi. Nashriyot K.si muallif, muharrir va texnik muharrir tuzatishlaridan iborat. Reproduksiya bosma qolipi K.si da bir yoki koʻp boʻyoqli namuna ottiski olinib, asl nusxa (mas, muzeydagi kartina va boshqalar) bilan solishtiriladi va tuzatishlar (maxsus belgilarsiz) ottisk chekkasida koʻrsatiladi. KORRELYASIYA (lotincha correlatio — nisbat, munosabat) — 1) tushunchalar, narsalar, funksiyalar orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni, oʻzaro moslikni, munosabatni bildiruvchi tushuncha; 2) (matematik statistikada) — qatʼiy funksional harakterga ega boʻlmagan tasodifiy miqdorlar orasidagi ehtimoliy (statistik) bogʻlanish. K.ning matematik kutilishlari M va Ms hamda dispersiyalar D va Bs boʻlgan % va t tasodifiy miqdorlar orasidagi eng koʻp qoʻllaniladigan tafsiloti K. koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koʻrsatkich ushbu formula bilan aniqlanadi:K. koeffitsiyenti -1 < g < 1 tengeizlikni qanoatlantiradi. Agar g^= O boʻlsa, u holda £; va t| miqdorlar korrelirlanmagan deyiladi; bogʻliqmas miqdorlar albatta korrelirlanmagan boʻladi (aksinchasi notoʻgʻri). Agar r?il = ±l boʻlsa, u holda t va s orasida chiziqli bogʻliqlik mavjud boʻladi. Korrelyasion analiz K.ning matematik nazariyasiga asoslanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil