Kortikosteroidlar [lot. cortex (corticis) — poʻstloq], adrenokortikosteroidlar — buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan ishlanib chiqadigan steroid gormonlar guruhi (qarang Steroidlar). K. tarkibida 21 ta uglerod atomi bor. Barcha K. pregnan hosilalaridir. Organizmda xolesterjdan hosil boʻladi. Fiziologik taʼsiriga koʻra, 3 guruhga boʻlinadi: 1) organizmda, asosan, mineral almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron); 2) uglevodlar va oqsillar almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — glyukokortikoidlar (kortizon, gidrokortizon, kortikosteron); 3) jinsiy gormonlarga oʻxshash taʼsir etadigan steroid moddalar (androgenlar va progesteron). Organizmda K. yetishmay qolganida Addison kasalligi (Bronza kasalligi), koʻpayib ketganda esa Itsen-ko-Kushing kasalligi paydo boʻladi. K. preparatlari tibbiyotda keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil