Korvalol (Corvalolum) —tinchlantiruvchi va tomir kengaytiruvchi dorilardan. Rangsiz, o'ziga xos hidli, tiniq suyuqlik. Tarkibida abromizovalerianat kislotaning etil efiri, natriy fenobarbital, yalpiz moyi va etil spirt bor. Farmakologik taʼsiri jihatdan valokardinga yaqin. Nevrozlar, yurak-tomirlar va ichak spazmi, taxikardiya, uyqusizlik, gipertoniya kasalligining boshlangʻich davrida ichiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil