Koryak tili (qadimiy nimilan tili) — Paleoosiyo tillari oilasining chukotka-kamchatka tillari guruhiga mansub. 5,4 ming kishi soʻzlashadi (1989). Koryak tilida chavchuven, apukin, kamen, paren va itkan shevalari bor. Koryak adabiy tili chavchuven shevasiga asoslangan. Fonetikasida singarmonizm hodisasi bor. Morfologiyasida feʼlning hozirgi zamon shaklini ifodalovchi alohida belgisi mavjud. Leksikasida bugʻuchilikka oid soʻzlar koʻp. Yozuvi rus alifbosi asosida.[2]

Koryak tili
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 3500
Alifbosi Kirill alifbosi va Kolyak alphabet
Til kodlari
ISO 639-3 kpy[1]

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. "Koryak tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil