Koryak togʻligi
(Koryak tizmasidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koryak togʻligi, Koryak tizmasi — Rossiya Federatsiyasi Osiyo qismining shim.-sharqidagi togʻlik. Bering dengizi sohilida. Anadir qoʻltigʻi va Kamchatka yarim orol orasida. Oʻz. 880 km, eni 270 km gacha Balandligi 600–1800 m. Eng baland joyi Ledyanaya togʻi (2562 m). Kichik muzliklar bor. Asosan, terrigen va kremniyli vulkanogen jinslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari tundra oʻsimliklari bilan qoplangan, yirik daryo vodiylarida terak, buta va pakana kedr oʻrmonlari bor. Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, mis, polimetall, molibden, simob, oltingugurt, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |