Koshiy
Koshiy (Al-Koshiy), Gʻiyosiddin Jamshid (taxminan 1430-yilda Samarqandda vafot etgan) — atoqli matematik va astronom.
Asli Eronning Koshon shahridan boʻlib, boshlangʻich matematik maʼlumotni shu yerda olgan va XV asr boshida Ulugʻbekning taklifi bilan Samarqandga kelgan; bu yerda Qozizoda Rumiy bilan birga Ulugʻbek rasadxonasi va madrasasi qurilishiga rahbarlik qilgan. Koshiy Ulugʻbek qoʻl ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ali Qushchi va b.ning kamolotga yetishishiga katta qissa qoʻshgan. Koshiy astronomiyaga oid „Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Elxoniy“ („Elxoniy astronomik jadvalini takomillashtirishda Hoqoniy astronomik jadvalining ahamiyati“), „Sullam us-samo“ („Osmon narvoni“), „Noʻzxat ul-xadoiq“ („Bogʻlar sayri“) va mat.ga oid „Risola al-muhitiyya“ („Aylana xaqida risola“), „Risola ul-atvor nal-jayb“ („Vatarlar va sinus haqida risola“), „Miftoh ulhisob“ („Arifmetika kaliti“) asarlarini yozgan. Koshiy birinchi boʻlib mat.ga pozitsion asosla oʻnli kasrlarni kiritdi va nazariy asosdagi, ixtiyoriy koʻrsatkichli ildiz chiqarishda qozir „Ruffini — Gorner“ usuli leb ataladigan usulni pa „Nyuton binomi“ning koeffiniyentlarini topishda formulaga toʻgri keladigan adlitin usulni qoʻlladi. Koshiy sin G na l (pi) so-nini oʻnlik sistemada 17 xona aniqlik bilan hisobladi. Koshiy Oʻrta asr Sharq mat.sini yuqori bosqichga koʻtarishga katta hissa qoʻshdi.[1]
Manbalar Tahrirlash
Adabiyotlar Tahrirlash
Al.: Yushke i mch A. P.. Istoriya matematiki peredniye veka. M.. 1961; Magiiye ne kaya G. P.. Ucheniye o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke, T.. 1967.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |