Kosmik aloqa — Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) orqali yerdagi punktlar orasida yoki kosmik apparatlar (KA) orasidagi aloqa. Yerdagi punkt bilan kosmosdagi inson oʻrtasida aloqa birinchi marta 1961-yilda Yu. A. Gagarinnkyat "Vostok" kosmik kemasida parvoz kilganda oʻrnatildi. Kosmosda, asosan, radioaloqa, baʼzan, optik aloqa qoʻllanadi. Kosmik aloqa tizimida koʻproq radioaloqadan, Yerdagi punktlar orasida aloqa bogʻlash uchun elliptik va doiraviy statsionar orbitalar boʻyicha harakatlanuvchi YESY dan foydalaniladi. KA lari orasida Kosmik aloqa birinchi marta 1962-yilda "Vostok-3" va "Vostok-4" kemalari orasida amalga oshirilgan. Yerdagi punktlar orasida Kosmik aloqa oʻrnatish uchun kuchli antennalar, radioshovqin darajasi juda kichik boʻlgan qabul qiluvchi asboblar, qidirilayotgan signalni ajratib oladigan maxsus appa-ratlardan foydalaniladi. KA ning bort apparaturalari juda puxta, yengil va ixcham boʻlishi kerak. Kosmik aloqa kanallari uchun ularning vazifasi va yoʻnalishlariga koʻra turlicha chastota dia-pazonidan foydalaniladi. Chastotalarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi radioaloqa reglamenti bilan belgilanadi. Kosmik aloqa tizimlarining Yerdagi aloqa tizimlaridan asosiy farqi KA vaziyatining uzluksiz oʻzgarib turishi, KAning har ondagi koordinatalarini bilish zarurligi, qabul qilinayotgan signallar chastotasining tez-tez oʻzgarib turishi, KA bortidagi radiouzatkichlar quvvatining cheklanganligi, masofaning uzoqligi va boshqalardan iborat.

Yer bilan K A orasidagi aloqa yordamida kosmovideniyeta asos solinadi, natijada insoniyat odamning ochiq kosmosga chiqishi va Oyda yurishining shohidi boʻddi. Sayyoralararo avtomatik st-yalar Venera va Marsga uchirilganda 350 mln. km masofada ikki tomonlama turgʻun radioaloqa oʻrnatildi. "Mars" va "Mariner" tipidagi kosmik st-yalarga oʻrnatilgan apparatlar yordamida Mars va Venera sayyoralarining atrofi, atmosferasi, temperaturasi tekshirildi va telemetrik kanallar orqali tasvirlari Yerga uzatildi.

ESY orqali aloqada turli orbita va balandlikda parvoz qilayotgan YESYdan foydalaniladi. Uzoq ma-sofalar orasida televizion aloqa oʻrnatishda, odatda, bevosita koʻrinadigan bir qancha oraliq va ikkita asosiy punktdan iborat radiorele tarmoqlari — retranslyatorlardan foydalaniladi. YESY bortiga oʻrnatilgan bitta retranslyator yordamida Yerda birbiridan 10—15 ming km uzoq joylashgan punktlar orasida aloqa oʻrnatish mumkin. KA orasidagi aloqaga boshqa KAdan olingan maʼlumotlarni retranslyasiya qilish, ularning orbitadagi vaziyatini oʻlchash va harakatini boshqarish yoki ularga yakinlashish, navigatsiya masalalarini hal qilishga oid aloqalar ham kiradi. KAning antennalarini oʻzaro yoʻnaltirish ancha qiyin, shu sababli, ular orasida yoʻnaltirilmagan aloqa qilinadi.

Lazerlar ixtiro qilingandan keyin optik aloqa masalasi hal qilina boshladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil