Kosmik navigatsiya - kosmik apparat (KA) ni boshqarish, tor maʼnoda — uning massa markazi harakatini boshqarishni tashqil etish. Kosmik navigatsiyaning asosiy masalalari navigatsiya parametrlarini oʻlchashdan va KAning massalar markazlari holat vektorlarining fazodagi hozirgi vaziyatlarini (KAning gʻalayonlangan harakat trayektoriyasini tavsiflovchi) aniqlashdan iborat. Kosmik navigatsiyaning qoʻshimcha masalalari: KAning haqiqiy orbitasini aniqlash, berilgan orbitadan ogʻishlarni hisoblash va boshqa Navigatsiya sistemasi kema borti va Yerdagi oʻlchash va hisoblash vositalarini oʻz ichiga oladi. Agar KAning harakat parametrlarini faqat bortdagi vositalar yordamidagina aniqlanadigan boʻlsa, Kosmik navigatsiya avtonom hisoblanadi. Kosmik navigatsiya sistemasi Yer sharining turli joylarida harakatlanayotgan kema va samolyotlarning koordinatalarini ham yuqori aniqlikda aniqlashiga imkon beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil