Kosmik radionurlanish -kosmik obʼyektlar va har qanday kosmik jismlarning toʻlqin oʻz. 1 mm dan katta boʻlgan soqadagi nurlanishi. 1932-yilda amerikalik olim K. Yanskiy kashf etgan. Umumiy holda radionurlanish deyarli barcha jismlarga mansub boʻlib, baʼzilari kuchli (pulsarlar, kvazarlar, radiogalaktikalar), baʼzilari kuchsiz (Oy, sayyoralar, Quyosh, tumanliklar, Xabbl sinfi galaktikalari va boshqalar) radio nurlar tarqatadi.

Har qanday Kosmik radionurlanish vujudga kelishi uchun maʼlum sabab boʻladi. Masalan, Quyoshning radionurlanishi uning atmosferasi yuqori qatlamlaridagi keskin ionlashgan qaynoq plazma gazidan tarkaladi. Bu atmosferaning turli katlamlaridan turli radionurlanishlar kelayotgani sababli, vaqt davomida yuz berayotgan fizik hodisalar ham radiotoʻlqinlar orqali oʻrganiladi. Quyosh tojining temperaturasi bir necha oʻn ming gradusli quyi qismida santimetrli radiotoʻlqinlar, temperaturasi 2-106 gradusli eng yuqori qismida metrli radiotoʻlqinlar tarqaladi. Ayrim radiotoʻlqinlar Yer atmosferasidan oʻta olmaydi, xolos Ayniqsa, toʻlqin oʻz. 30 m dan katta boʻlgan Kosmik radionurlanish ionosferadan oʻta olmaydi, toʻlqin uzunligi kichik boʻlganlarini esa Yer atmosferasidagi suv bugʻlari va kislorodlar yutadi.

Kosmik radionurlanish xususiyatlari, mexanizmlari va uning manbalari fizikasi radioastronomiya fanida oʻrganiladi. Kosmik radionurlanish Yer sirtidan radioteleskop va radiointerferometrlar yordamida kuzatiladi. Radionurlarni kuzatishga ob-havoning taʼsiri deyarli sezilmaydi. Kosmik radionurlanish ning xususiyatlarini oʻrganish Koinot toʻgʻrisidagi taassurotlarni maʼlum daraja kengaytiradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil