Kosmik raketa — kosmik tezliklar beradigan raketa. Kosmik fazo, Yer sunʼiy yoʻldoshlari orbitalari yoxud boshqa osmon jismlari orbitalariga avtomatik yoki bortida kosmonavtlari boʻlgan apparatlarni uchirishga moʻljallangan. Zamonaviy Kosmik raketalar koʻp bosqichli boʻlib, bosqichlar soni, asosan, uning vazifasiga bogliq. Start vaqtida Kosmik raketa ning birinchi bosqichli eng quvvatli dvigateli ishga toʻshadi va u sistemaga maʼlum tezlik beradi. Birinchi bosqichli dvigatelining yonilgʻi zahirasi tugagandan soʻng u sistemadan ajralib chiqadi va ikkinchi bosqichli dvigatel ishlay boshlab sistemaga qoʻshimcha tezlik beradi. Uzoqqa uchish hollarida Kosmik raketa, odatda, Yer sunʼiy yoʻldoshlari orbitasiga chikarila-di va undan keyingi uchishlarida shu orbitadan start olishda foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil