Kosmik rasadxona - Yer sunʼiy yoʻldoshlari orbitasida harakatlanuvchi kishi boshqaradigan yoki avtomatik ravishda ishlay oladigan ilmiy tadqiqot kompleks stansiya. Avtomatik ishlaydigan Kosmik rasadxona boshqa sayyoralarga (Oy, Venera, Mars va hokazo) ham uchirilgan. Kosmik rasadxonalar yordamida Yer va uning atrofidagi kosmik muhit, radioastronomik holat hamda meteorologiyaga oid kuzatishlar olib boriladi; Kosmik rasadxona lardagi sharoitda turli kimyoviy elementlar va biologik birikmalar tekshiriladi. Kosmik rasadxona dan harbiy maqsadlarda ham foydalaniladi. Sobiq Ittifoq, AQSH va boshqa davlatlarda maʼlum maqsadlarga moʻljallangan qator Kosmik rasadxona lar yaratilgan. Ularga oʻrnatilgan teleskoplar va ilmiy kuzatuv asboblari yordamida Quyoshdagi fizik jarayonlar, yulduzlararo va galaktikalararo muhitga oid ilmiy ishlar oʻtkaziladi, Quyosh sir-tidagi portlashlar natijasida yuzaga keladigan kuchli kosmik nurlarning tarqalishi, bu nurlarning Yer atmos-ferasida yutilishi va boshqa tabiati chuqur oʻrganildi, koinotdagi rentgen nurlari manbalari aniqlanadi. Kosmik fazoni oʻrganish va oʻzlashtirish maqsadlarida moʻljallab tuzilgan hamda amalga oshirilayotgan qator alohida davlatlar (Rossiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) dasturlari mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil