Kosmik televideniye - tasvirni kosmik televizion tizimlar orqali uzatish. Bunda kosmik fazo va boshqa sayyoralar sirtidagi kosmik kema, sayyoralararo avtomatik stansiya va Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) bortidan oʻzatilgan televizion tasvirlarni Yerdagi radioaloqa stansiyalari kabul kilib, televizion koʻrsatuv tarmoqlari orqali retranslyasiya qiladi. Birinchi marta 1959-yilda "Luna-3" avtomatik stansiya yordamida Oyning teskari tomonining tasviri oʻzatilgan. Kosmik televideniye dan Oy, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini tadqiqot qilishda, kosmosdagi turli operatsiyalar (kosmik apparatlarni tutashtirish, insonning ochiq kosmosga chiqishi va boshqalar) ni, kosmik apparatlar (mas, "Lunoxod") ni masofadan turib boshqarishda foydalaniladi. Kosmik televideniye telekameralarni meteorologik YESY, shuningdek, tabiiy resurslarni tadqik, qilish uchun moʻljallangan YESY jihozlari tarkibiga kiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil