Kostroma — Rossiya Federatsiyasining Kostroma viloyatidagi daryo. Volga daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 354 km, havzasining maydoni 16 ming km². Galich qirlaridan boshlanadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi Buy shahri yaqinida (quyilish joyidan 124 km) 71 m³/sek, eng koʻp suv sarfi 1620 m³/sek. Noyabrda muzlab, aprel— mayda moʻzdan boʻshaydi. Buy shahridan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Kostroma daryosida yogʻoch oqiziladi. Kostroma daryosining boʻyida Soligalich shahri joylashgan[1].

Kostroma
Tavsif
Uzunligi 354
Maydoni 16 000 km²
Suv sarfi 71 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kostroma

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil