Kota-baru - Malayziyaning shimol-sharqiy qismidagi shahar, Malakka yarim orolda. Kelantan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 220 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kelantan daryosining quyilish joyidagi port. Kauchuk olinadigan oʻsimliklar, sholi plantatsiyalari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil