Kotirovka

birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik normalari, qoidalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qrgʻozlar kursini, tovarlar narxini belgilash va ularni qayd etish

Kotirovka (frans. coter — raqamlash, belgilash) — birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik normalari, qoidalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qrgʻozlar kursini, tovarlar narxini belgilash va ularni qayd etish. K.ni, odatda, tovar, fond yoki valyuta birjasining komissiyasi (qoʻmitasi) oʻtkazadi va tovarlarning ulgurji narxlari, qimmatli qogʻozlar kurslari va valyuta kurelari birja byulletenlarida eʼlon qilinadi. K.ni yirik kompaniyalar va banklar ham oʻtkazishi mumkin. Toʻliq K. ham haridorlar va ham sotuvchilar taklif qiladigan narxlarni belgilashdan iborat. K. maʼlumotlari maxsus birja byulletenlarida hamda davriy nashrlarda chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutalari K.sini oʻtkazadi va valyuta kursi byulletenida eʼlon qilib turadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil