Kottej
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kottej (ing. cottage — dehqon uyi) — bir oilaga moʻljallangan, asosan, ikki qavatli qilib qurilgan hovlili uy. K.ning 1-qavatida mehmonxona, oshxona va boshqa, 2-qavatida yotoqxona, dam olish va yuvinish xonalari joylashadi, ikkala qavat oʻzaro ichki zina bilan birlashtiriladi. Asosan, 16-asr oxiri 17-asr boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSH va boshqa joylarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 1940-yillardan qurila boshlagan. Toshkentda K. qurilishi, asosan, 1966-yildagi zilziladan soʻng avj oldi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |