Kovak venalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kovak venalar — quruqda yashovchi umurtqalilar katta qon aylanish doirasining eng yirik tomirlari. Suvda va qurukda yashovchilarda qonni yurakning venoz boʻshligʻiga, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda yurakning bevosita oʻng boʻlmachasiga olib kelib quyadi. Odamning tomirlar sistemasida yurakning chap qrrinchasidan boshlangan aorta tarmoqlari mayda kapillyarlar boʻlib, kislorodga boy qonni organizmga tarqatadi. Venalar esa kapillyardan yigʻilib, yiriklashib yuqori va pastki Kovak venalar boʻlib, oʻng boʻlmachaga quyiladi. Yuqori va pastki Kovak venalar farq qilinadi. Yuqori Kovak venalar yirik, ammo kalta boʻlib, koʻks oraligʻida oʻng va chap tomonlardagi yelkabosh va qoʻl venalarining qoʻshilishidan vujudga kelgan. U bosh, boʻyin, yelka kamari (oʻng va chap tomon), qoʻl, koʻkrak boʻshligʻi devorlari, orqa miya va uning qobiqlari (qisman), koʻks oraligʻidagi aʼzolardan qon yigʻadi. Pastki Kovak venalar eng yirik tomir boʻlib, IV, V bel umurtqalari roʻparasidagi oʻng va chap yonbosh venalarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Vena yuqoriga koʻtarilib yoʻlda bel, chanoq, oyoq venalari, jigardan chiqqan qopqa vena va qorin boʻshligʻidagi aʼzolar venalarini qabul qiladi. Qopqa vena diafragmadan oʻtib yurakning oʻng boʻlmachasiga quyiladi. U chanoq sohasidagi aʼzolar va devorlaridan, shuningdek, qorin boʻshligʻidagi aʼzolar (jigar, buyrak, buyrak usti bezi) va devorlaridan diafragma, jinsiy bezlar, orqa miya va qisman miya qobiqlaridan hamda oyoqdagi venoz chigʻallardan qon yigʻadi. Yuqori va pastki qopqa venalar qorin devorining orqa va oldingi boʻlagidagi vena tomirlari bilan keng qoʻshilgan. Bu yuqori pastki kovak tomirlarda qon dimlanib qolganda vena qoni qoʻshilmalar orqali yoʻnalishiga imkon beradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |