Kovatok, kovatok doʻlma — masalliklari tok bargiga oʻrab tayyorlanadigan milliy taom. Tayyorlanishi doʻlma usulida. Yogʻliq goʻsht va piyozdan toʻz, murch, qalampir solib qiyma tayyorlanadi. Yangi uzib olingan tok barglari issiq suvda yuviladi va har bir bargga qiyma solib oʻraladi. Oʻralgan K. ipga tiziladi. K. palov shoʻrvasiga goʻsht oʻrnida solib pishirilsa K. palov (tok oshi), qozonga terib shoʻrvada pishirilsa K. doʻlma, manti qasqonda pishirilsa K. manti deb yuritiladi. K. 25 —30 min.da pishadi. K.ni tok bargini konservatsiyalab, qishda ham tayyorlasa boʻladi. 0,5 kg goʻshtga 0,5 kg piyoz, 100—150 dona tok bargi kerak boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil