Koxtla-yarve — Estoniyaning shim.-sharqidagi shahar (1946-yildan). Tallinn — Sankt-Peterburg temir yoʻl magistrali — Fin qoʻltigʻi sohili oraligʻida. Koxtla-yarve stansiyasi. Aholisi 74,7 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Slanets kazib olish va slanets kimyosi sanoati markazi. Qurilish materiallari va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Torf briketlanadi. Mebel fabrikasi, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari, slanets muzeyi, Estoniya davlat badiiy muzeyi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil