Krebs halqasi, trikarbon kislotalar halqasi, sitrat kislota halqasi — di- va trikarbon kislotalarning oksidlanishi bilan bogʻliq boʻlgan fermentativ reaksiyalarning halqali ketma-ketligi. Uglevodlar, yogʻlar va oqsil (aminokislota)lar oksidativ (SO2 va N2O gacha) parchalanishining umumiy oxirgi bosqichi. 1930-yillarda Sent-Dyerdi dikarbon kislotalardan suksivat, fumarat, malat va oksaloatsetat vafas olish jarayonini bir necha baranar tezlatishini, yaʼni katalitik taʼsir qilish xususiyatiga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Keyinchaliku Krebs halqasining eng muhim reaksiyasi qisoblangan oksaloatsetat va piruvat kislotadan sitrat kislota hosil boʻlishini aniqladi.

Krebs halqasi hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar hujayrasida keng tarqalgan kislorodli vafas olish jarayonining asosiy bosqichi hisoblanadi. Krebs halqasi reaksiyalari (10—12 ta) mitoxondriyalarda kechadi. Halqa sitrat kislotani hosil qilish bilan boshlanib, oksaloatsetat kislotasi hosil boʻlishi bilan tugallanadi. Bunda 2 mol. SO2 ajraladi va bir qator degidrogevaza fermentlarining kofermentlari (qarang Kofermentlar) qaytariladi (4 mol. VADN2 va 1 mol. FADN2). Krebs halqasi reaksiyalarida dikarbon kislotalardan ketogʻlutarat, suksivat, fumarat, malat, oksaloatsetat va trikarbon kislotalardan sitrat, sisakonit, izotsitrat, oksalosuksivatlar ishtirok etadi. K.h- reaksiyalarida qatnashadigan substratlarga atsetat kislotani ham kiritish mumkin, bu kislota yogʻ kislotalarning faol parchalanishi va uglevodlardan vujudga kelgan piruvatning dekarboksillanishi natijasida hosil boʻladi. Piruvat kislota toʻliq oksidlanganda 15 molekula, glyukoza molekulasi xuddi shunday parchalanganda 38 molekula energiyaga boy ATF sintezlanadi.

Krebs halqasining oraliq mahsulotlari moddalar almashinuvyning turli xil reaksiyalarida ishtirok etish uchun halqadan ajralib chiqishi mumkin. Masalan, glyukoneogenez (oksaloatsetat), porfirinlar sintezi (suksivat), yogʻ kislotalar sintezi (atsetat) ana shu tariqa sodir boʻladi. Krebs halqasidan ajralib chiqadigan SO2 karboksillanish reaksiyalari uchun asosiy manba hisoblanadi. Moyli oʻsimliklarda va ayrim mikroorganizmlarda Krebs halqasi qisman oʻzgargan holda namoyon boʻladi va u glioksilat halqasi deb ataladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil