Kremniy vodorodlar
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kremniy vodorodlar, silanlar — kremniyning vodorodli birikmalari. Umumiy formulasi SinH2n+2Mac, SiH4, Si2H6, Si3H8, Si4H10 va hokazo Si—Si bogʻlanish S—S bogʻlanishga nisbatan juda kuchsiz boʻlganligi sababli kremniy atomlari uglerod atomlari singari uzun zanjirlar hosil qilmaydi. Silanlar fizik xossalariga koʻra uglevodlarga oʻxshash, lekin havo va suvda beqaror moddalardir. Ularni metall silitsidlarga mineral kislotalar taʼsir ettirish yoʻli bilan olish mumkin. Mas, monosilan SH4 magniy silitsidga xlorid kislota taʼsir etishidan hosil boʻladi: Mg2Si + 4HC1 = SiH4 + + 2MgCl2. Monosilan suv bilan quyidagi reaksiyaga kirishadi: SiH4+2H2O-> ->SiO2 +4H2T. Havo kislorodi taʼsirida u oʻz-oʻzidan yonib ketadi: SiH4+2O2—" ->SiO2+2H2O. Silanlar kuchli qaytaruvchi moddalar.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |