Kremniyorganik birikmalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kremniyorganik birikmalar — molekulasida kremniy (Si—S) tutgan organik birikmalar. Goho tarkibida kremniy boʻlgan barcha organik birikmalarni Kremniyorganik birikmalar qatoriga qoʻshishadi. Kremniyorganik birikmalar tarkibida bir yoki bir nechta kremniy atomlaridan iborat boʻlgan "monomer" va kremniyorganik polimerlarga boʻlinadi. Organogalogensilanlar RnSiX4 n (bu yerda — X — galogen, p=1+3) va RnSiHmX4 (n va t=1,2; t+p=2,3); alkoksisilanlar va aroksislanlar Si(OR)4, Rn Si(OR)4 m; organogidrosilanlar Rn SiH4 n; organoaminosilanlar Rn Si( NRj )4_n; organosilanollar RnSi(OH)4m; organoatsiklosilanlar RnSi(OCOR’)4_ n (n=l+3); silatranlar va boshqa; tarkibida bir necha kremniy atomi boʻlgan birikmalar Si— O—Si organosiloksanlar, Si—N—Si boglari boʻlgan organosilazanlar; Si— S—Si bogʻlari boʻlgan silatianlar; Si— Si bogʻlanishi boʻlgan poliorganosilanlar va boshqa yaxshi oʻrganilgan. Shuningdek, organik radikali tarkibida galogen, amino-, gidroksi-, alkoksi-, epoksiguruhi va boshqa; SiM, SiOM yoki SiRM (M—metall yoki metallmas atomi, mas, Li, Na, K, V, A1, Sn, Ti, P, Fe) guruhi boʻlgan kremniyorganik birikmalar deb nomlanadigan karbofunksioval Kremniyorganik birikmalar ham katta guruhni tashkil etadi. Bundan tashqari, halqasida bir yoki bir nechta kremniy atomi tutgan geterotsiklik birikmalar (dimetilsilatsiklobutan, digidrofevantren yoki "oksafen" va boshqalar) ham mavjud. Xalqaro nomenklaturaga binoan tarkibida bir atom kremniy boʻlgan Kremniyorganik birikmalar silan (SiH4) ning hosilalari deb karaladi. Kremniyorganik birikmalarning aksarisi rangsiz suyuqliklar, baʼzilari [siklosiloksanlar (R2SiO3)] qattiq kristall moddalar. Odatda, Kremniyorganik birikmalar termik barkaror moddalar, uglevodlar, xlorlangan uglevodlar, efirlar va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi; suv bilan ara-lashmaydi, oson gidrolizlanadi. Hosil boʻlgan organogidroksisilanlar molekulalararo kondensatsiyaga kirishib organosiloksanlar beradi, ajralib chiqqan yoki qoʻshilgan kislota taʼsirida polikondensatsiyalanib kremniyorganik polimerdarga aylanadi. Monomer Kremniyorganik birikmalar, asosan, kremniyorganik polimerdar olishda, mono- va di-funksioval Kremniyorganik birikmalar kremniyorganik su-yukdiklar ishlab chiqarishda, difunksioval Kremniyorganik birikmalar kremniyorganik kauchuklar ishlab chiqarishda, di-, tri-, tetra va polifunksioval Kremniyorganik birikmalar smola va lok ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Kremniyorganik birikmalar gidrofobizatorlar, antiadgezivlar, plastmassa sanoatida toʻldirgichlar, mikroelektron qurilmalar maxsus keramika uchun krplamalar va boshqa ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |