Kreuzenstein qalʼasi — Avstriyaning Quyi Avstriya qismida Leobendorf yaqinidagi qal’a. Burg Kreuzenstein dengiz sathidan 265 metr yuqorida joylashgan[1]. U vayronaga aylangan va oʻttiz yillik urush paytida buzib tashlangan oʻrta asr qal’asi qoldiqlari ustiga qurilgan. Wilchek oilasi uchun oilaviy yashash maskani bo‘lishi uchun moʻljallangan. U XIX asrda Count Nepomuk Wilchek tomonidan oilaning yirik Sileziya koʻmir konlaridan tushgan pullari bilan qaytadan qurilgan. Kreuzenshteynning qiziq tomoni shundaki, u Yevropada bir butun oila tomonidan sotib olingan oʻrta asr inshootining boʻlaklari ustida qurilgan boʻlib, asl koʻrinishdagi qal’ani hosil qiladi (Bir kishiga emas, butun oilaga tegishli mulk). Shunday qilib, qal’ani ham „neo“ va „asl“ oʻrta asr inshooti deb hisoblash mumkin. Qal’a baʼzan filmlar uchun obyekt sifatida ishlatilgan.

Janubdan koʻrinish
Kreuzenstein qal'ai

Bu qal’ani baʼzan 1993-yilda "Uch mushketyor" filmi suratga olingan Oʻrta asrlardagi Burg Lixtenshteyn qal’asi bilan chalkashtirib yuborishadi.

Manzil tahrir

 
Ichkarisi

Qal’a Vena shimolida va Dunay daryosining yuqorisidagi Rohrwald tepaligida, Korneuburg va Stokerau shaharlari oʻrtasida joylashgan. Balandligi 266 m (AA), Dunay ustidan balandligi taxminan 100 metrga teng[2].

Burg Kreuzenshteyn yaqinida Dunaydagi Wiener Pforte („Vena portali“) deb nomlangan sayozlik joylashgan boʻlib, u daryoning hozirgi oqimini va yuqori oqimdagi Korneuburger Bekkenni ("Korneuburger choʻkindi havzasi ") tomosha qilish imkonini beradi. Burg Kreuzenshteynning roʻparasida, Dunayning janubiy qirgʻogʻida Burg Greifenstein qal’asi joylashgan.

Tarix tahrir

Oʻrta asrlardagi Gabsburg qal’asi tahrir

Burg Kreuzensteinning kelib chiqishi, Quyi Avstriyadagi aksariyat qal’alar singari, XII asrga toʻgʻri keladi. Dastlab Formbax graflari (hozirgi Vornbax, Bavariya) tomonidan qurilgan[3]. Qal’a nikoh orqali Vasserburg graflari ixtiyoriga oʻtgan. Bogemiya hukmdori Ottokar II orqali esa qal’a 1278-yilda Gabsburglar qoʻliga oʻtadi.

1527-yil iyul oyida anabaptist voiz Baltasar Xubmaier Moraviyaning Mikulov shahrida tartibsizliklar keltirib chiqarish bahonasida hibsga olindi va Burg Kreuzenshteynga koʻchirildi. U o‘sha yerda so‘roqqa tutilgan, biroq o‘z eʼtiqodidan voz kechishdan bosh tortgan va Venada olovda yoqib yuborilgan.

Oʻttiz yillik urushgacha qal’a hech qachon zabt etilmagan edi, ammo keyin u shved marshaliLennart Torstensson qoʻliga oʻtdi, u 1645-yilda joʻnab ketayotganda binoning bir necha qismini portlatib yubordi (baʼzi manbalarda toʻrtta qismini).

Vilchek grafligi ostida qayta qurish tahrir

 
Avstriyalik rassom Frants Poledne tomonidan Burg Kreuzensteinning bezatilgan ichki qismi (1873 — 1932)

XVIII asrda qal’a Sileziyadagi koʻmir konlari orqali katta boylik toʻplagan Vilchek graflarining mulkiga oʻtdi. 1874-yilda tadqiqotchi sifatida tanilgan graf Iogan Nepomuk Vilchek qal'ani rekonstruksiya qilishni boshladi, ammo asl Roman — Gotika meʼmorchiligidan butunlay farq qiladigan uslubda ishga kirishdi. Mavjud xarobalar yangi qal’aga, xususan, tashqi devorning bir qismi, sharqiy minora va ibodatxonaning bir qismiga kiritilgan[4]. Har qanday nigoh omon qolgan oʻrta asr toshlari va XIX asrda qurilgan qoʻshimchalar oʻrtasidagi farqni osongina ajrata oladi.

Qayta qurish 1895-yilda vafotigacha meʼmor Karl Gangolf Kayser tomonidan nazorat qilingan, oʻsha paytda qal'ani bezash ishlari Moltheinlik Ritter Humbert Valcher va rassom Egon Reynbergerga topshirilgan.

Qal’a ostida oilaviy maqbara qurilgan va u yerda Iogann Vilchek dafn etilgan. Qal’ani asl toshdan va asl joyda qurish bilan bir qatorda, Wilczek butun Yevropadan qurilish komponentlarini yigʻdi. Bundan tashqari, qal’a oʻrta asr mebellari va tarixiy artefaktlarning katta toʻplami bilan jihozlangan, shu jumladan Gohensalzburg qal’asidan sotib olingan eng qadimgi oʻrta asr katapultalaridan biri saroyni bezab turibdi[5].

Qayta qurish ishlari 30 yil davom etdi va 1906-yil 6-iyunda qayta ochilishda Kayzer Vilgelm II ishtirok etdi. 1915-yilda yashin urishi natijasida kelib chiqqan yongʻin arxiv va kutubxona hududining bir qismini yoqib yubordi.

Kreuzenstein qalʼasi bugun tahrir

Garchi hozir Avstriya Milliy kutubxonasi fondida boʻlsa-da, 1945-yilda Germaniya Vermaxti va Qizil Armiya oʻrtasidagi ziddiyat bir nechta qoʻlyozmalarning oʻgʻirlanishiga olib keldi va buning natijasida urush paytida (Ikkinchi Jahon urushi) qal’aning baʼzi xonalari jiddiy shikastlangan.

Bugungi kunda qal’a Vena atrofidagi qishloqlar aholisining juda sevimli sayyohlik maskani va muzeydir. Bir vaqtlar, har yili iyun oyining oxirida qal’aning katta zalida Burgserenada deb nomlanuvchi klassik kontsert boʻlib oʻtardi, keyin bu toʻxtatildi. Yil davomida apreldan oktyabrgacha Adlervarte Kreuzenshteyn nomi bilan mashhur lochinlar shousi oʻtkaziladi. Yaqinda taʼmirlangan Burgtaverne Kreuzenstein (Wayback Machine saytida 2021-02-27 sanasida arxivlangan) restorani oʻrta asr atmosferasini taʼminlash uchun qadimiy usulda jihozlangan.

2013-yilda Kreuzenshteyn qal’asi Lazarus Ittifoqining Faxriy ritsarlik uyiga aylandi[6].

Hozirgi vaqtda qal'aning egasi Yoxan-Xristian Count Wilchek hisoblanadi[7].

Manbalar tahrir

  1. „%29 Burg Kreuzenstein Altitude and Location“. 2022-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  2. Map of vicinity of Burg Kreuzenstein
  3. Map of Vornbach
  4. „Kreuzenstein“, Austrian Castles (German)
  5. Nikolaus Schaffer (1985) „Zur Geschichte der Salzburger Geschütze im Jahr 1800“, reprinted from Mitteilungen der Gesellschaft für Salzburger Landeskunde Vol. 125 p.525, Salzburg (German)
  6. Magazine of the Lazarus Union (January 2013)
  7. Counts of Wilczek

Havolalar tahrir