Sileziya (polyakcha Slask, chexcha Slezsko, nem. Schlesien) — Odra daryosining yuqori va oʻrta oqimi boʻyidagi tarixiy viloyat. 10-asrda Polsha davlati tarkibida, 14-asrda — Chexiya taxtiga tegishli hudud. 1526-yildan S. Gabsburglar hukmronligi ostida (Sevej, Osvensim, Zatorsk knyazliklaridan tashkari), 1742-yildan — Prussiya tarkibida (Opava, Teshin knyazliklari hududi Gabsburglar qoʻlida qolgan, 1920-yil esa, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan). Prussiyaning S. viloyati 1919-yil 2 viloyat: Yuqori S. [markazi — Oppeln (Opole)] va Quyi S. [markazi — Breslavl (Vrotslav)]ga boʻlingan. 1922-yil Yuqori S.ning taxminan 1/3 qismi Millatlar Ligasi Kengashi tomonidan Polshaga berilgan. 1945-yilgi Potsdam konferensiyasi S. hududining katta kismini Polshaga kaytargan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil