Kriobiologiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kriobiologiya (krio... va biologiya) — past va oʻta past harorat (0° dan past, absolyut 0° ga yaqin)ning har xil biologik obʼyektlar va hodisalarga taʼsirini oʻrganadigan biologiya fani. K.ning asosiy vazifasi past haroratda hayotning quyi chegarasini, organizmning sovuqqa va muzlashga chidamliligini aniqlash; salbiy haroratning orga-izmga zararli taʼsirini tadqiq qilish; xujayra va toʻqimalarni sovuq urishdan himoya qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat. K.ning amaliy tomoni biologik obʼyektlar (mas, qon, toʻqimalar va organlar)ni uzoq muddat saqlash va sovuq, yordamida davolash (krioterapiya) metodlarini tadqiq qilish, sovuqqa chidamli oʻsimlik navlarini yaratish, oʻta sovuq sharoitda inson faoliyatini optimallashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. K.ning ilmiy asoslari 19-asr oxirida rus fiziologi P. I. Baxmetyev tomonidan yaratilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |