Kriostat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kriostat (krio... va yun. statos — turgʻun, harakatsiz) — ichida oʻzgarmas kriogen temperatura (120° K dan past) toʻtib turiladigan metall, shisha yoki plastmassadan yasalgan qurilma; kriogen texnikasi vositasi. Odatda, suyultirilgan yoki qotirilgan gazlar (azot, vodorod, geliy va boshqalar) bilan sovitiladi. K.dagi maxsus idishga solingan sovituvchi gaz bosimini oʻzgartirish bilan K. ga joylashtirilgan muhit temperaturasini oʻzgartirmay turish mumkin. K. tashqi muhit taʼsiridan yaxshi izolyasiya qilinadi (Dyuar idishi, termos singari). Suyultirilgan gaz solingan (mas, geliy — sovituvchi agent, azot — atrof muhitdan issiqlik kirishiga qarshilik koʻrsatadi) metall K. keng tarqalgan. Bunday K.larning korpusi bilan ichki qismlari orasidagi temperatura oʻzgarishlarini silfon baravarlashtirib turadi. Radiotexnika, optika, texnika va boshqalarda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |