Krishnamurti Jiddu (1895.25.5 yoki 1897 — Madanapalli, Madras shtati — 1986) — hind diniy mutafakkiri, yozuvchi va shoiri. 1910 -yil teosoflar (ilohiyotchilar jamiyati aʼzolari) tomonidan dunyoning yangi xaloskori deb eʼlon qilindi. Biroq 1929 -yil K. ular bilan aloqani uzdi, har qanday uyushgan diniy faoliyatda qatnashishdan voz kechdi. K.ga koʻra, haqiqat faqat ichki hissiyot asosida, shaxs koʻnglidagini bemalol yorilib gapirish holatidagina namoyon boʻladi. Har qanday tugal falsafiy va diniy tizim bunga toʻsqinlik qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil