Kristallizatsion differensiatsiya

Kristallizatsion differensiatsiya — turli omillar (mas, gravitatsion choʻkish, konveksion harakat va boshqalar) tufayli kristallanish jarayonida hosil boʻlgan mineral fazalarning koʻchirilishi va ajralib chiqishi tufayli magma bilan kristallar oʻrtasidagi reaksiyaning normal kechishidagi oʻzgarish, yaʼni magmaning fraksion kristallanishi. Kristallizatsion differensiatsiya magma suyuqligi differensiatsiyasining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ayniqsa, u asosli va oʻta asosli jinslarda kristallanish mahsulotlarining poyma-poy choʻkishi tufayli intruziyalarning turli mineral tarkibidagi qavatlarga ajralish jarayonida yaqqol ifodalanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil