Krivoshipli mexanizm - qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanib bir tur harakatni ikkinchi tur harakatga aylantiruvchi zvenosi (krivoship yoki tirsaqli val) boʻlgan mexanizm. Krivoshipli mexanizmda, odatda, aylanma va ilgarilanma kinematik juftlar boʻladi. Krivoshipli mexanizmningyassi (barcha zvenolari parallel tekisliklarda harakatlanadigan) va fazoviy, 4 zvenoli va koʻp zvenoli turlari bor. Mashinasozlikda eng koʻp tarqalgan yassi 4 zvenoli Krivoshipli mexanizm 3 guruhga: 4 zvenoli krivoship-polzunli, sharnirli va krivoship-kulisali turlarga boʻlinadi. Krivoship — polzunli mexanizm aylanma harakatni toʻgʻri chiziqli ilgarilama-qaytma yoki aksincha harakatga aylantiradi. Uning aksial va dezaksial turlari bor; porshenli dvigatellar, kompressor, presslar vasoslar va boshqalarda qoʻllaniladi. Krivoship koromisloli mexanizm aylanma harakatni tebranma harakatga aylantiradi. Toʻquv avtomatlaridagi 4 zvenoli krivoshipkoromisloli mexanizm batan mexanizmi deyiladi. Bunday mexanizmlar xamir qorish mashivalarida ham ishlatiladi. Tarkibida 2 krivoship boʻlgan 4 zvenoli mexanizm qoʻsh krivoshipli mexanizm deyiladi (mas, sharnirli antiparallelogramm mexanizmi). K. m. ning yana boshqa turlari ham bor (yana qarang Kuliskali mexanizm, Sharnirli mexanizm).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil