Krossingover (ing. crossing — over— chalkashuv) — chalkashish, gomologik xromosomalarshng oʻxshash qismlari bilan oʻrin almashinishi natijasida xromatida iplarining uzilishi va yangi tartibda birikishi. Birinchi marta amerikalik biolog T. Morgan aniqlagan (1911). Olim gomologik juft xromosomalarda genlar doimo oʻrin almashinib turishini drozofila (meva pashshasi)da oʻtkazilgan tajribalarda isbotlagan. K. har xil genlar allellajning yangi kombinatsiyalariga olib keladi. K. populyasiyalarla kombinativ oʻzgaruvchanlik paydo boʻlishiga olib kelishi tufayli tabiiy tanlanish uchun material beradi. K. aksariyat holdarda hujayralarning meyoz, baʼzan mitoz boʻlinishida roʻy beradi. K. DNK molekulasining har ikki, yoxud bitta ipida bir qancha genlar yoki genning bir qismiga ega boʻlgan xromosomalar katta qismlarining qayta kombinatsiyalanishiga olib keladi. Genlar orasidagi K. chastotasi xromosomadagi genlararo masofani bildiradi. K.ni oʻrganish natijasida xromosomalarning irsiy diskretligi isbotlandi; genlarning xromosomada toʻgʻri chiziq boʻylab joylashganligi va birikkan genlar guruhlari aniqlandi; xromosomalarning genetik haritalari (har bir birikish guruhida genlarning nisbiy joylashish sxemasi)ni tuzish imkoniyatiga ega boʻlindi. K. kombinativ oʻzgaruvchanlik miqdorini keskin oshirishi tufayli tabiiy tanlanish va seleksiya uchun dastlabki material beradi. K. barcha hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar uchun xos.K. xrdisasidan genetik tahlil orqali genetikaning qator muammolarini yechishda keng foydalaniladi.

Adabiyot

tahrir
  • Gloʻshakova T. I., Razvitiye predstavleniy ob individualnosti xromosom, M., 1983.

Sharifjon Turabekov, Mirfozil Abzalov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil