Masjid
Kruszyniany Masjidi
Andoza:Lang-ttar Meczet w Kruszynianach
Shahar Kruszyniany, Polsha
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik ???—18-asrda
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Kruszyniany masjidi — Polshaning Podlaskie voivodeligidagi Kruszinyan qishlogʻida joylashgan yogʻoch masjid. Bino Polshadagi eng qadimgi Lipka tatar masjidi boʻlib, oʻlchami 10-13 metr boʻlgan toʻrtburchak shaklida qurilgan[1].

Tarixi

tahrir

Kruszinyany qishlogʻi qirol Ioann III Sobieski tomonidan Usmonli imperiyasiga qarshi urushda Polsha-Litva Hamdoʻstligi tomonida qatnashgan tatarlarga berilgan. Lipka tatarlari bu hududga joylashib olgandan soʻng, tatarlar masjidni qurdilar, bu haqda birinchi marta 1717-yilga oid hujjatda taʼkidlab oʻtilgan. Hozirgi masjid katta ehtimol bilan XVIII asrning ikkinchi yarmida yoki XIX asrning birinchi yarmida (binoning aniq qurilgan sanasi nomaʼlum) sobiq masjid oʻrnida qurilgan. 1846-yilda bino taʼmirlandi, bu haqda maʼlumot ayollar kirish eshigi yonidagi tosh lavhada yozib qoʻyilgan[2].

Ikkinchi jahon urushidan keyin bu hududga hozirgi Belarusiyadan kelgan repatriantlar va musulmonlar koʻchib keldilar. 2008-yilda Madaniyat va Milliy meros vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga yog‘ochdan yasalgan bino xavfsizlik tizimi bilan jihozlandi[3].

Krusziniany qishlogʻi 2012-yil 20-noyabrda Polshaningmnmilliy tarixiy yodgorliklaridan biri (Pomnik historii) deb eʼlon qilindi. Uning roʻyxati Polsha Milliy merosi kengashi tomonidan yuritiladi. 2014-yil iyun oyida, masjid nomaʼlum bezorilar tomonidan haqoratli graffiti bilan buzib tashlangan[4].

Arxitekturasi

tahrir

Oʻz shakliga koʻra, bino yaqin atrofdagi ikkita minorali yogʻoch cherkovlarga oʻxshaydi. U 10 ga 13 metrli toʻrtburchak shaklida qurilgan. Ichki va tashqi tomondan toʻq yashil rangga boʻyalgan yogʻoch panellar bilan qoplangan. Shimol tomonda bino xuddi shunday yogʻoch bilan qoplangan ikkita minora bilan bezatilgan. Tomning tizmasida derazasiz va boshqalardan kichikroq uchinchi minora turadi, u mehrobga (devordagi Makka yoʻnalishini koʻrsatuvchi tokcha) biroz yaqinroq. Har bir katta va kichik minoraning tomi yassilangan dubulgʻa shaklida boʻlib, markazning bir nuqtasida yarim oy tasvirlangan. Binoning asosiy tomi shingil bilan qoplangan.

Ichki hudud ikki qismga boʻlingan, biri ayollar, ikkinchisi erkaklar uchun. Ayollar kirish joyi binoning asosiy oʻqi boʻylab joylashtirilgan. Uning tepasida uchburchak timpanum joylashgan boʻlib, uning yon tomonlarida ikkita minora joylashgan. Erkaklar kirish joyi yon tomonda. Ayollar boʻlimi erkaklar namozxonasidan sezilarli darajada kichikroq boʻlib, erkaklar boʻlimidan yogʻoch qism bilan ajratilgan boʻlib, undan taxminan 1 metr balandlikda xonaning uzunligi boʻylab oʻtadigan qism kesilib, shaffof plyonka bilan qoplangan. Erkaklar namozxonasining old tomonidagi devorda janubi-sharqqa Makka tomon ishora qilib, muqaddas kitoblar saqlanadigan mihrab joylashtirilgan[5].

Ichki hudud gilamchalar bilan bezatilgan, devorlar esa Qur’ondan xattotlik iqtiboslari bilan bezatilgan.

Rasmlar

tahrir

Yana qarang

tahrir
  • Polshada Islom
  • Bohoniki masjidi, Polshadagi yana bir Lipka tatar masjidi
  • Raižiai masjidi, Lipka tatar masjidi Litvada
  • Navahrudak masjidi, Belarusiyadagi Lipka tatar masjidi

Manbalar

tahrir
  1. „Rejestr Zabytków“. NID. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  2. „Meczet w Kruszynianach“. Kruszyniany. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  3. „Dz.U. 2012 poz. 1275“. Sejm. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  4. Bialystok. „Zniszczony meczet i mizar w Kruszynianach. Sprawcy brak“ (pl). BiałystokOnline.pl. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  5. Tłoczek, Ignacy. Polskie Budownictwo Drewniane. Wrocław, Warszawa, Kraków, Gdańsk: Ossolineum, 1980 — 149-bet. ISBN 83-04-00678-2.