Kseniya Andreyevna Stolbova (ruscha: Ксе́ния Андре́евна Столбо́ва; 1992-yil 7-fevralda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Fyodor Klimov bilan juftlikda Olimpiya chempioni (jamoaviy turnir, 2014-yil), Olimpiya kumush medali sovrindori (juftlikda konkida uchish, 2014-yil), uch karra Rossiya chempioni (2014, 2015, 2017), Jahon (2014) va Yevropa (2014, 2015, 2018) chempionatining kumush medali sovrindori boʻgan. Stolbova 2020-yil 12-fevralda sportdagi faoliyatini tark etishini eʼlon qildi[1].

Ksenia Stolbova
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya
Tavalludi 7-fevral 1992-yil (1992-02-07) (32 yosh)
Sankt-peterburg
Boʻyi 1.57 m (5 ft 2 in)
Oldingi sheriklari Andrey Novoselov, Fyodor Klimov
Murabbiyi Nina Mozer
Oldingi murabbiylari Ludmila Velikova
Uchishni boshlagan 1997
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 76.15
Erkin dastur 154.60

Shaxsiy hayoti

tahrir

Kseniya Andreyevna Stolbova 1992-yil 7-fevralda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. U Sankt-Peterburgdagi Lesgaft jismoniy tarbiya akademiyasida tahsil olgan[2].

Faoliyati

tahrir

Kseniya Stolbova birinchi mavsumida Fyodor bilan birgalikda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma oldi va 7-oʻrinni egalladi. Keyin ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqdilar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prining ikkala bosqichida ham gʻalaba qozonishdi hamda finalga chiqishdi va finalda ikkinchi oʻrinni egallashdi. Skate America 2010 Kattalar oʻrtasidagi oʻzlarining Gran-pri debyut bosqichida juftlik 5-oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ikkinchi marta gʻalaba qozonib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga kiritildi va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritdilar.

2011—2012-yilgi mavsumda juftlik Parij (7-oʻrin) va Moskvada (4-oʻrin) boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichlarida chiqish qilishdi. 2012-yilgi Rossiya chempionatida ular kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Kseniya va Fyodor 2014-yilda Qishki Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqalarda chempion boʻlishdi; xususan, erkin dasturda 135,09 ochko yigʻdi va birinchi oʻrinni olib, terma jamoaga 10 ochko keltirdi. 2014-yil 12-fevralda juftlik Olimpiya musobaqasida kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Natijalari

tahrir
Musobaqa 09/10 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18
Xalqaro
Olimpiada juftlik 2
Olimpiada juftlik 1
Jahon chempionati 2 4 5
Yevropa chempionati 3 6 2 2 4 2
Gran-pri finali 2 1 4
Yaponiya Gran-pri 2
Xitoy Gran-pri 3
Fransiya Gran-pri 7 5 1
Rossiya Gran-pri 4 4 1 1 2
AQSh Gran-pri 5 3 4
Finlandia Trophy 3
Memorial Nepala 1
Universiada 1
Bavarian Open 1
Xalqaro (Oʻsmirlar oʻrtasida)
Jahon chempionati 3 2
Gran-pri finali 7 2
Avstriya Gran-pri 1
AQSh Gran-pri 2
Milliy
Rossiya chempionati 6 2 3 1 1 1 2
Milliy (Oʻsmirlar oʻrtasida)
Rossiya chempionati 1 1

Manbalar

tahrir
  1. Olimpiyskaya chempionka Kseniya Stolbova obʼyavila o zavershenii kareri. tass.ru. 12 February 2020
  2. „World Standings“ (inglizcha). isuresults.com. 1-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.