Ksenobiotiklar (yun. xenos - betova) — tirik organizmlar uchun yot, begona boʻlgan turli-tuman organik birikmalar. Odamning xoʻjalik faoliyati natijasida vujudga kelgan va moddalar aylanishining biologik davrasi bilan bogʻliq kimyoviy moddalar. Boʻlarga pestitsidlar, maishiy kimyo preparatlari, har xil dori-darmonlar, kir yuvish vositalari, mineral oʻgʻitlar va boshqa kiradi. K. atrof muhitga koʻp miqdorda tushganda tirik organizmlarga haloqatli taʼsir koʻrsatishi mumkin. K. organizmda turli allergik kasalliklar va irsiy oʻzgarishlar paydo qilishi, immunitetni susaytirishi va boshqa oqibatlarga olib kelishi, tabiiy sistemalarda boradigan jarayonlarga ham taʼsir etib, ularni izdan chiqarishi mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil