Ksenotim —ittriy fosfati (VPO4). Odatda tetragonal singoniyaga mansub boʻlgan prizmatik va piramida koʻrinishdagi mayda kristallar sifatida namoyon boʻladi. Rangi qoʻngʻir, qizil, qattikligi 4,5, zichligi 4300 kg/m3. Asosan, granitli pegmatitlar hamda kontaktam metasomatitlar, slanetslar qatlamida hosil boʻladi. Koʻpincha granitoid jinslarning aksessorli minerali sifatida uchraydi. Eng mashhur konlari Braziliya (Minas-Jerays)dagi pegmatit va sochmalar, Shvetsiya, Norvegiyadagi pegmatitlar. Rossiyada K. Kareliya pegmatitlarida uchraydi. Oʻzbekistonda turli sharoitlarda aniqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil