Kserofil hayvonlar (yun. xeros — quruq va ...fil) — suvsiz yerdarda, yaʼni havosida nam kam boʻlgan muhitda yashashga moslashgan hayvonlar. Bunday hayvonlarda tana yuzasidan, nafas teshiklaridan va boshqalardan suv bugʻlanishi keskin kamaygan boʻladi. Ular uzoq vaqt suvsizlikka chidaydi (mas, tuyalar, baʼzi bir qoʻshoyoqlar) yoki ovqatdagi suv bilan kifoyalanadi (mas, kaltakesaqlar, ilonlar, toshbaqalar, koʻpchilik kemiruvchilar va boshqalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil