Ksilema
quruqlikda oʻsadigan oʻsimliklarning suv va mineral tuzlarni ildizdan yuqoriga oʻsimlik boʻylab oʻtkazuvchi toʻqimasi.K.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ksilema (ksilo...) — quruqlikda oʻsadigan oʻsimliklarning suv va mineral tuzlarni ildizdan yuqoriga oʻsimlik boʻylab oʻtkazuvchi toʻqimasi.K. tutash qalqalar yoki oʻtkazuvchi naycha tolalari bogʻlami holida joylashadi, K. asl oʻtkazuvchi (traxeidlar va traxeyalar, yaʼni naychalar) va mexaniq (libroform) hujayralardan hamda yogʻoch va nursimon parenximadan iborat. K. hamma hujayralarining devori yogʻochlanadi. Asl K. qirqquloqsimonlar, ochiq urugʻlilar va gulli oʻsimliklarga xos. Koʻp yillik poya va ildizlar K.si koʻpincha, yogʻoch deb ataladi. Birlamchi K. prokambiydan, ikkilamchi K. esa kambiydan hosil boʻladi[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |