Ksilollar (dimetilbenzollar), S6N4(SN3)2 — organik birikmalar. Benzol gomologik qatoridagi aromatik uglevodorodlar, oʻziga xos hidli suyuqliklar. Mol. m. 106,16. Orto-, meta- va paraksilol izomerdari bor. Toshkoʻmir qoramoyining yengil fraksiyasidan neftni va neft mahsulotlarini piroliz qilib yoki katalizator ishtirokida qayta ishlab olinadi. Benzolga nisbatan oson alkillanadi, xlorlanadi, sulfolanadi, nitrolanadi. Oksidlanganda sanoat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan tereftalat va ftalat kislotalar hosil boʻladi. Sintetik tolalar, ksilidinlar, plastifikatorlar ishlab chiqarishda lok, boʻyoq va mastikaga erituvchi hamda motor yonilgʻilariga yuqori oktanli qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil