Yirtqich pashshalar

(Ktirlardan yoʻnaltirildi)

Yirtqich pashshalar, ktirlar (Asilidae) — qoʻshqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Y. p. yirik pashshalar boʻlib, tanasining uz. 4—40 mm. Boshi keng va harakatchan, mustahkam hartumi bor, qorni uzun va yassi, lichinkasi oq yoki sariq, chuvalchangsimon, silindr shaklda, aksariyat boshi va keti tomon ingichkalashib boradi. Gʻumbagi yopiq, oyoklari va oʻsimta belgilari aniq koʻrinadi. Y.p. toʻgʻriqanotlilar (chigirtka va b.), qoʻshqanotlilar, pardaqanotlilar va baʼzi qoʻngʻizlarga hujum qiladi. Y.p. lichinkasi koʻpincha tuproqda yashaydi va qirsildoq qoʻngʻizlar, qora qoʻngʻiz, buzoqboshi qoʻngʻizlari, gʻalla qoʻngʻizlari va b. lichinkalari bilan oziqlanadi. Oqish (Asilus albiceps Mg.), sargʻish Y.p. (A. rufi nerois Mg.) va b. turlari keng tarqalgan. Ekinzor Y.p. ikkilamchi hasharot hisoblanadi. Lekin chigirtkalar koʻplab urchigan yillari Y.p. zararkunandalar oʻchogʻini tugatishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi (yana q. Foydali hasharotlar).

Norqoʻzi Ergashev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil