Kubango, Okanango — Afrikadagi daryo. Angola, Namibiya va Botsvana hududlaridan oqadi. Oʻz. 1600 km, havzasining maydoni 800 ming km² atrofida. Angola hududidagi Biye yassitogʻligidan boshlanadi, yuqori qismida serostona. Kalahari ichki oqim oblastida botqoqli delta hosil qilib tugaydi. Deltasining jan. tarmogʻi Ngami koʻliga, shim. vaqt-vaqti bilan Kvando daryosiga kuyiladi. Botletle tarmogʻi esa Makgadikgadi botigʻidagi botqoqliklarni suv bilan toʻyintiradi. Asosiy irmogʻi — Kvito (chapdan). Yozgi yomgʻirli mavsumlarda toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 255 m³/sek[1].

Kubango
Tavsif
Uzunligi 1 700
Suv sarfi 500 m³/s
Joylashuvi
Davlat Angola, Botsvana va Namibiya
Kubango

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil