Kuchan zilzilasi - 1895-yil 17-yanvarda Eronning Turkmaniston chegarasiga yaqin boʻlgan Kuchan shahrida roʻy bergan. Zilzila epitsentri (Kuchan)da tebranish 9 ballga, zilzila magnitudasi esa 7,1 ga yetgan. Zilzila oqibatida 8 ming kishi halok boʻlgan, Atrek vodiysi yon atrofida togʻlar oʻpirilgan. Yer poʻstila katta-katta yoriqlar vujudga kelgan. Aholi yashaydigan koʻp joylar yer bilan yakson boʻlgan. Zilzila taʼsiri Oʻrta Osiyoning koʻpgina shaharlarida sezilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil