Kuchlar koʻpburchagi - berilgan kuchlar tizimining bosh vektori (geometrik yigʻindisi)ni aniqlash uchun quriladigan siniq chiziklar. Gʻg Gʻ2, ... Gʻp, kuchlar tizimi (rasm, a) uchun Kuchlar koʻpburchagini qurish uchun ixtiyoriy a nuqtadan boshlab maʼlum masshtabda Gʻ, kuch vektori a ni, uning oxiridan Gʻ2 kuch vektori be ni va eng keyin Fn, kuch vektori tp ni koʻyish kerak.a be ... tp shakl Kuchlar koʻpburchagi deyiladi. Oxirgi kuch uchi bilan birinchi kuch boshini birlashtiruvchi vektor ai berilgan kuchlar tizimining geometrik yigʻindisi R ni ifodalaydi, p nuqta a bilan mos kelsa, Kuchlar koʻpburchagi berk deb ataladi va R = O boʻladi. Kuchlar koʻpburchagini kuchlar parallelogrammini ketmaket qurib yasash mumkin. Kuchlar koʻpburchagi statika, nazariy va amaliy mexaniqa masalalarini yechishda va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil