Kuk qoʻltigʻi, Kevay qoʻltigʻi — Tinch okeanda, Alyaskaning jan. sohillari yaqinida. Oʻz. 370 km, kengligi 18–111 km, chuq. 22–78 m. Janubiy qir-gʻoqlari baland, qoyali, kuchli yemirilgan, shim. past. Suv qalqishi sutkalik (12 m gacha). Kuk qoʻltigʻida Anqorij porti joylashgan. 1779-yilda J. Kuk tadqiq qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil