Kulachokli val, taqsimlash vali — mashinaning alohida mexanizmlariga berilgan ketma-ketlikda harakat uzatadigan kulachoklari boʻlgan val. Ichki yonuv dvigatelidagi Kulachokli val klapanlarning oʻz vaqtida ochilib-yopilishini, yonilgʻi vositasida esa Kulachokli valning kulachoklari taʼsirida plunjerdar ish yoʻlini bajaradi. Kulachokli valpoʻlatdan shtamplab yoki mustahkamligi yuqori boʻlgan choʻyandan quyib tayyorlanadi. Kulachokli val turli avtomatik mashivalar, porshenli dvigatellarning muhim qismi hisoblavadi. Kulachokli val kulachoklari va boʻyinlari HRC53-62 qattiqlikkacha toblanadi, keyin silliqlanadi va yaltiratiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil