Kulon (Coulomb) Sharl Ogyusten (fransuzcha: Charles-Augustin de Coulomb; 1736.14.6, Angulem - 1806.23.8, Parij) — fransuz fizigi va harbiy muhandisi. Fransiya Akademiyasi aʼzosi (1781-yildan). Elektrostatika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari elektr, magnetizm va texnik mexanikaga oid. Oʻzi topgan buralish qonunlariga asosan kuch oʻlchash asbobi — buralma tarozini yasagan (1784). Bu tarozidan foydalanib, Kulon bir ishorali va har xil ishorali nuqtaviy elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsirini batafsil tekshirgan. Bu tajribalari asosida elektrostatikaning asosiy qonuni — Kulon qonuninn kashf etgan (1785). Oʻzining 1785—89-yillarda eʼlon qilgan ishlarida elektr zaryadlar hamisha oʻtkazgich sirtida joylashishini koʻrsatgan. Magnit momenti, zaryadlarning qutblanishi va boshqa iboralarni fanga kiritgan.

Kulon Sharl Ogyusten
Tavalludi 14-iyun 1736
Vafoti 23-avgust 1806
Fuqaroligi Fransiya

Uning eksperimental ishlari elektromagnit hodisalar nazariyasining yaratilishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil