Kulon tarozi — nuqtaviy elektr zaryadlar va magnit qutblarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga moʻljallangan burama tarozi. Sh. Kulon ixtiro qilgan (1784). 1789-yilda G. Kavendish Kulon tarozidan gravitatsion oʻlchashlarni va gravita-sion doimiyn\\ aniqlashda foydalangan. Kulon tarozi shisha idish ichida ingichka metall yoki kvars ipga (Kulon 76 sm li kumush toladan foydalangan) osilgan shisha shayindan iborat. Shayinning bir uchiga yengil metall sharcha va ikkinchi uchiga posangi mahkamlangan (rasmga q.). Tarozi kallagi yordamida ipni va unga osilgan shayinni vertikal oʻq atrofida burish mumkin.

Asbobning yuqorigi qopqogʻidagi teshikchadan shayinga mahkamlangan sharcha bilan bir xil oʻlchamga ega boʻlgan elektrlangan ikkinchi sharcha tushiriladi. Bu sharcha elektrlanmagan sharchaga tekkanda ular orasida elektr zaryad teng taqsimlanadi. Sharchalar oʻzaro taʼsir tufayli bir-biridan itariladi, vatijada sharchali shayin biror burchakka buriladi. Uning burilish burchagi Kulon tarozidagi silindrga chizilgan hisoblash shkalasi boʻyicha hisoblanadi. Bu shkala bevosita kuch yoki kuch momenti birliklarida darajadanadi. Shayinning burilish burchagi <p~MJ/Gl boʻlgani uchun, sharchaga taʼsir etuvchi kuchning burovchi momenti Mk toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin; bunda / — ip uzunligi, G — ip materialining siljish moduli, / — ip koʻndalang kesimining inersiya momenti. Kuch momenti Mk ni bilgan holda, sharchalar orasi- ^^dagi oʻzaro taʼsir kuchini ham aniqlash mumkin. Ip qancha uzun boʻlsa va uning koʻndalang kesimi inersiya momentining qiymati qancha kichik boʻlsa, Kulon tarozining sezgirligi shuncha yuqori boʻladi.

Kulon tarozi koʻpgiva yuqori sezgirlikka ega zavonaviy asboblarda: elektrometrlar, magnitometrlar, gravitatsion vario-metrlar va boshqalarda qoʻllanadi. KULON QONUNI - bir-biridan maʼlum masofada joylashgan ikkita nuqtaviy elektr zaryadning oʻzaro taʼsir kuchini ifodalaydigan elektrostatikaning asosiy qonuni. Sh. Kulon 1785-yilda kashf qilgan. Nuqtaviy elektr zaryad deb, oʻlchamlari oʻzaro taʼsiri oʻrganilayotgan jismlar orasidagi ma-sofaga nisbatan juda kichik boʻlgan jismdagi zaryadga aytiladi. Qonun qu-yidagicha taʼriflanadi: vakuumda joylashgan qoʻzgʻalmas <? va q2 elektr zaryadning oʻzaro taʼsir kuchi Gʻ zaryadlar koʻpaytmasiga toʻgʻri va ular orasidagi masofa g ning kvadratiga teskari pro-porsioval:bunda k — proporsiovallik koeffitsiyenti. Xalqaro birliklar tizimi SIda k = -shg, bunda ye0—elektr doimiyKulon tarozi.si; SGS tizimda k=\; Gʻ kuch — zaryadlarni tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha yoʻvalgan vektor kattalik. Agar oʻzaro taʼsirlashayotgan ikkita nuqtaviy elektr zaryadlar dielektrik kirituv-chanligi ye ga teng bir jinsli dielek-trikda joylashgan boʻlsa, ularning oʻzaro taʼsir kuchi ye marta kamayadi:Bir jinsli zaryadlar uchun Gʻ<0 (zaryadlar bir-biridan itarishishadi), turli jinsli zaryadlar uchun K>0 (zaryadlar bir-biriga tortishishadi).

K.Q., shuningdek, ikkita magnit qutblarining oʻzaro taʼsirini ifodalaydigan qonun, deb ham hisoblanadi:bunda t{ va t2 — magnit zaryadlar, s— muhitning magnit kirituvchanligi, / — propo rsiovallik koeffitsiyenti SGS tizimda 1 ga teng.

Adabiyot

tahrir
  • Tamm I. Ye., Osnovi teorii elektrichestva, M., 1966.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil