Kulrang Xonim (ing. – The Grey Lady) – Ravenclaw fakultetining arvohi, Rowena Ravenclawning qizi, hayotligida ismi Helena Ravenclaw boʻlgan. Mantiya kiygan, oq sochli, goʻzal ayol. Mantiyasini yechganida koʻkragidagi pichoqdan qolgan chuqur iz koʻrinadi.

Kulrang Xonim (ing. - The Grey Lady)
Harry Potter obrazi
Ilk bora koʻringan Garri Potter va Falsafa Toshi
Soʻnggi bora koʻringan Garri Potter va Ajal Tuhfalari
Muallif(lar) J. K. Rowling
Jonlantirgan(lar) Kelly Macdonald
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi Helena Ravenclaw
Taxallusi Kulrang Xonim
Irqi Yevropeid
Jinsi Ayol
Kasbi Afsungar
Oilasi Ravenclawlar
Aloqador boshqa obraz(lar) Qonli Baron
Qarindoshlari Rowena Ravenclaw - onasi, Salazar Slytherin - otasi

Rowena Ravenclaw fakultetga X asrda asos solganiga qaraganda, Helena X-XI asrda yashab oʻtgan. Aniq sanalar maʼlum emas. Hayotligida Helena onasidan bilimliroq boʻlish maqsadida, uning tillaqoshini oʻgʻirlaydi. Ammo bu Helenaning umidlarini oqlamaydi, faqatgina ikki tomonga zararga ishlaydi holos: onasi bu isnoddan uyalib, buni barchadan sir salab, diadema undaligini aytsa, Helena Albaniya oʻrmonlariga qochib ketishga majbur boʻladi. U uyga qaytishdan bosh tortadi, shunda Rowena Qonli Baronda uni olib kelishni soʻraydi. Baron bu iltimosni bajaradi, lekin Helena qaytishni xohlamaydi. Oʻsha vaqtda Baron Helenani qatti sevardi va sehrgarlar orasida gʻazabdorligi bilan mashhur edi. Bu holatdan Baronni jaxli chiqadi va Helenani xanjari bilan oʻldiradi. Oʻziga kelganidan soʻng esa qilgan ishini tushunnib yetib, oʻz joniga qasd qiladi. Arbohga aylanganidan soʻng, tavba sifatida tez-tez oʻzini kishanlaydi.

Oʻgʻirlangan diadema shundoqligicha Helena yashirgan yerda, yaʼni Albaniya oʻrmonlaridagi daraxtlardan birining kavagida qolgan. Uzoq yillar davomida u manzilni hech kimga aytmay keladi. Lekin XX asrning 40-yillarida arvohni gapirtira oladigan inson topiladi. Helena oʻz sirini yosh Tom Marvolo Reddlega ochib qoʻyadi. Bir necha yildan soʻng, Hogwartsni bitirib, Tom diademani qidirish uchun yoʻlga otlanadi va topishga muvaffaq boʻladi.