Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy (arabcha: كلثوم بن عياض القشيري) (741-yil oktybar oyida vafot etgan) – 741-yilning fevral oyidan oktyabr oyigacha Umaviylar xalifaligining Ifriqiyadagi hokimi[1].

Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy
arabcha: كلثوم بن عياض القشيري
February 741 – October 741
Mansab davri
741-yil fevral – oktyabr
Hukmdor Hishom ibn Abdulmalik
Oʻtmishdoshi Ubaydulloh ibn al-Habhob
Vorisi Balj ibn Bishr al-Qushayriy
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 741-yil oktyabr
Sebou daryosi, Fos shahri yaqini
Faoliyati Umaviylar xalifaligi
Janglari Berberlar qoʻzgʻoloni
* Baqdura jangi (741)  

Hayoti

tahrir

Kulsum ibn Iyod yirik arab qabilasi Banu Amirning Qushayr boʻlimi, Qaysiy qabilaviy ittifoqidan boʻlgan. Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik tomonidan 741-yilning fevral oyiida Qayravon (Ifriqiya) hokimi etib tayinlangan. Uning vakolatiga butun Magʻrib hamda Al-Aldalus hududlari ustidan nazorat olib borish kirgan. Kulsum avvalgi hokim Ubaydulloh ibn al-Habhobning oʻrniga tayinlangan edi, chunki Ubaydullohning notoʻgʻri boshqaruvi bugungi Marokash hududida Berberlar qoʻzgʻolonining koʻtarilishiga sabab boʻlgan, shuningdek, 740-yilning oxirida al-Ashraf gʻazotida arab armiyasining magʻlubiyatiga olib kelgan.

Manbalar

tahrir
Oʻtmishdoshi:
Ubaydulloh ibn al-Habhob
Ifriqiya hokimi
741
Vorisi:
Balj ibn Bishr al-Qushayriy