Balj ibn Bishr al-Qushayriy
Balj ibn Bishr al-Qushayriy (arabcha: بلج بن بشر القشيري) (742-yil avgust oyida vafot etgan) – Umaviylar xalifaligining Magʻrib (Shimoliy Afrika) va al-Andalusdagi (Iberiya) harbiy qoʻmondoni. 742-yildan boshlab to vafotiga qadar qisqa muddat davomida Al-Andalus hokimi boʻlgan. Balj Havozin qabilasining Banu Qushayr tarmogʻidan boʻlib, Umaviylar xalifasi Hishom tomonidan Ifriqiyaga hokim etib tayinlangan Kulsum ibn Iyod al-Qushayriyning jiyani edi. 741-yilda amakisining qoʻmondonligi ostida Shimoliy Afrikada Berberlar qoʻzgʻoloniga qarshi harbiy yurishda otliq askarlarga boshchilik qilgan. Kulsum Damashq, Iordaniya, Qinnasrin, Hims, Falastin va Misrdagi qoʻshinlardan (jundlardan) kelgan 30 000 arab armiyasini boshqargan.
Balj ibn Bishr al-Qushayriy arabcha: بلج بن بشر القشيري | |
---|---|
Ifriqiya hokimi | |
Mansab davri 741 – 742 | |
Oʻtmishdoshi | Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy |
Vorisi | Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy |
Al-Andalus hokimi | |
Mansab davri 742 – 742 | |
Oʻtmishdoshi | Abdulmalik ibn Qatn al-Fihriy |
Vorisi | Salaba ibn Salama al-Amiliy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
742-yil avgust Kordova |
Faoliyati | Umaviylar xalifaligi |
Janglari |
Berberlar qoʻzgʻoloni
|
Solnomachi Ibn al-Xotamning rivoyat qilishicha, Balj ibn Bishr jangda Ifriqiyaning boʻlajak hukmdori Abdurahmon ibn Habib al-Fihriy tomonidan oʻldirilgan. Ibn al-Xotam Abdurahmon ibn Habib al-Fixriyni Andalusiyaning qadimgi Narbonne shahri hokimi Abdurahmon ibn Alqama al-Laxmiy bilan aralashtirib yuborgan boʻlishi mumkin, chunki boshqa manbalarda aynan al-Laxmiyning qoʻshini parchalanib ketayotib, jang shiddatli tus olgan vaqtda Suriya otliq askarlari orasidan Baljni topib, unga nayzasi bilan zarba berganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Al-Maqqari, p.42
Adabiyotlar
tahrir- Al-Maqqari, trans. 1840-43, The History of the Mohammedan dynasties in Spain, v.2, London: Royal Asiatic Society.
- Kennedy, Hugh (1996) Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus, New York and London: Longman.
- Lévi-Provençal, E. (1950) Histoire de l’Espagne musulmane, Tome 1, 1999 ed., Paris: Larose.
- Mercier, E. (1888) Histoire de l’Afrique septentrionale, v. 1, Paris: Leroux. Repr. Elibron Classics, 2005.
- Taha, Abd al-Wahid Dhannun (1989) The Muslim conquest and settlement of North Africa and Spain, London, Routledge.
Oʻtmishdoshi: Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy |
Ifriqiya hokimi 741–742 |
Vorisi: Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy |
Oldingisi | Al-Andalus hokimi 742 |
Keyingisi |