Kumamoto qal’asi ― Yaponiyaning Kumamoto prefekturasidagi Kumamoto shahrida joylashgan. Shuningdek, „ginkgo qal’asi“ yoki „qargʻa qal’asi“ nomlari bilan mashhur.

Kumamoto qal’asi Yaponiya milliy xazinasi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi tahrir

 
Tenshu asosiy minorasi

Dastlab, kelajakdagi qal’aning hududida 1469-1487-yillarda qurilgan kichik qal’a bor edi.

Yetti yildan koʻproq vaqt davomida (1601-yildan 1607-yilgacha) qal’a Daimyo Kato Kiyomasa buyrugʻi bilan qayta qurildi va kengaytirildi. Qurilish jarayonida Kato Koreya bilan urushda olgan bilimlaridan foydalangan — qal’a umumiy uzunligi 13 km boʻlgan qal’a devori bilan oʻralgan, qal’a ichida garnizon ehtiyojlari uchun 120ta ichimlik suvi quduqlari qazilgan va yongʻoq daraxtlari ekildi[1]. 50 yildan soʻng qalʼa Xigo viloyati hukmdorlari Xosokava urugʻi tasarrufiga oʻtdi.

1874-yilda Meydzi restavratsiyasidan soʻng qal’a foydalanilmay qoldi. 1877-yilda Satsuma qoʻzgʻoloni paytida, ellik kunlik qamaldan soʻng, qal’a bosib olindi, qal’aning bir qismi yonib ketdi, faqat tosh poydevori va Uto minorasi qoldi.

1960-yilda qal’a qayta tiklandi, qal’aning asosiy minorasi temir-beton yordamida tiklandi. Qayta tiklangan qal’aning maydoni asl nusxasidan ancha kichikroq, ammo hozir ham u 760 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Hozirda qasr muzey sifatida foydalanilmoqda. Koʻrgazmalar kiyim-kechak, qurol va samuray zirhlari koʻrgazmaga qoʻyilgan.

Qal’a devorlari 2016 -yil 14-apreldagi Kyushu zilzilasida jiddiy shikastlangan[2].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Stephen Turnbull. Японские замки. 1540-1640. Osprey Publishing, 2003 — 59 bet. ISBN 1-84176-429-9. 
  2. „При землетрясении в Японии пострадал средневековый замок Кумамото“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-aprel.

Havolalar tahrir